Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
2-masala.
Saylov kuni viloyat telekanali xodimlari kelib saylov uchastkasidagi saylovchilarning fikr-mulohazalarni o’rgana boshladi va o’z navbatida saylovning natijasi yuzasidan prognozlar chiqara boshladi. SHu payt saylov uchastkasi raisi bu holatdan xabar topib, telekanali xodimlaridan o’z ishini to’xtatishini, intervьyu va reportajlar olishini taqiqladi. Savol: Viloyat telekanali xodimlarining harakatlari qonuniymi? Uchastka saylov komissiyasi raisining harakatlari qonuniymi? Ushbu holatda qaysi qonun hujjatlari buzilmoqda? 3-masala. Fuqaro Z. saylov jarayonida nomzod A.ning tarafdori sifatida uning ijobiy jihatlarini saylovchilar ongiga yetkazi boshlaydi. Bu borada u A.ning siyosiy raqibi bo’lgan J.ni salbiy jihatlarini ham yorita boshlaydi. Xususan, J.ning kirdikorlarini fosh qiluvchi plakatlar chop ettiradi, tuman gazetasida J.ning salbiy illatlariga bag’ishlangan maqola ham chop etadi. Bundan g’azablangan J. birinchi navbatda Z.ni va plakat chop ettirgan “MediaPrint” bosmaxonasini hamda tuman gazetasini sudga berdi. Sud esa, Z.ni javobgarlikka tortishga asosi yo’qligini bildirdi. Savol: Z.ning harakatlari qonuniymi? “MediaPrint” bosmaxonasining harakatlari qonuniymi? Gazeta ma’muriyatining harakatlari qonuniymi? J.ning e’tirozi huquqiy asosga egami? Sudning harakatlari to’g’rimi? Z.ni javobgarlikka tortishning asosi mavjudmi? 4-masala. X partiya muntazam ravishda Respublika telekanalidan haftaning chorshanba va payshanba kunlari “Jamiyat hayoti” nomli ko’rsatuvni namoyish etib borardi. Saylov kampaniyasi boshlangan davrda ham partiya rahbarlari bu ko’rsatuvni uzluksiz davom ettirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishdi. Biroq saylov kampaniyasi davrida har bir partiya kunlik dasturlarning 60 daqiqasiga teng efir vaqtiga ega bo’ldi. X partiyaning vaqti esa, avvlgi ko’rsatuv hisobiga yana 40 daqiqaga ortib ketdi. Bundan xabar topgan boshqa partiyalar saylovning tenglik printsipi buzilayotganligini bildirib, Respublika telekanalini sudga berdi. Savol: Ushbu holatda telekanalning harakatlari to’g’rimi? X partiyaning harakatlari qonuniymi? Siyosiy raqobatchi bo’lgan boshqa partiyalarning sudga qilgan da’vosi o’rinlimi? Ushbu holatda telekanal va X partiya qanday yo’l tutishi lozim? Ular o’rtasida tuzilgan 1 yilga mo’ljallangan shartnoma asosida ushbu ko’rsatuv namoyish etilishi majburiydir. 5-masala. T. ismli jurnalist Pitnak dehqon bozori markazida bo’lib, o’tgan jaljalni viloyat telekanalida qisqa metrajli reportaj shaklida yoritdi. Buni ko’rgan tuman hokimi jurnalistga nisbatan chora ko’rishni, bo’lib voqealar shunchaki, kundalik hodisa ekanligini bildirdi va jurnalistning tuman hududida yurish-turishini nazoratga olishni buyurdi. Savol: T.ning harakatlari qonuniymi? Ushbu hol haqiqatdan kundalik hodisa bo’lsachi. Tuman hokimining e’tirozi va talabi o’rinlimi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling