Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish tartibi


Download 1.28 Mb.
bet120/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish tartibi.


Konstitutsiyaning 69-moddasida “Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrinig chegaralarini o’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisinig roziligi bilan amalga oshiriladi” – deb belgilangan.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarni tashkil qilish, qo’shib yuborish, tugatish, mamlakat iqtisodi, boshqaruv samarasi, fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga murojaat qilishning qulay-noqulayligi hisobga olinib, umummanfaatlar ko’zlangan holda amalga oshiriladi. SHuning uchun ham bu masalani asosi Konstitutsiyada belgilangan.
Konstitutsiyaning 69-moddasida “Koraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri chegaralarini o’zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilishva ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi” – deb mustahkamlangan. Bu modda qoidalaribirinchidan,Qoraqolpog’iston Respublikasining, viloyatlarning, shaharlarning chegarasini o’zgartirish masalasini, ikkinchidan,viloyatlar, shaharlar, tumanlarni tashkil qilish, uchinchidan,ularni tugatish (qo’shib yuborish) masalalarini qanday hal qilish tartibini asoslarini belgilagan. Har uchala holatda ham bu huquqiy birliklarni chegarasini o’zgartirish, yangidan tashkil qilish, tugatish masalasi Oliy Majlisning roziligi bilan hal qilinishi belgilangan.
O’zbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasi 10-bandiga asosan, O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo’li bilan tatibga solish, chegaralarini o’zgartirish, Oliy Majlis palatalaring birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. Ya’ni ma’muriy tuzilish va ularning chegarasini o’zgartirish faqat qonun yo’li bilan hal qilinadi. Bu 1996 yil 30 avgustda “O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilish, toponomik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalarini hal qilish tartibi tug’risida”gi qabul qilingan qonundir. Unga 3 dekabrь 2004 yil o’zgartirish kiritilgan.
Unga asosan, viloyatlarni tuzish, tugatish Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlarining iltimosiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan taklifga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i Kenges tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Qishloq va ovullarni tuzish va tugatish Qoraqalpog’istonda tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo’qorgi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo’qorg’i Kenges qaroriga asoson Oliy Majlis tomonidan o’zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tumanlarining chegarasini o’zgartirish tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko’ra Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida tumanlarning chegarasini o’zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar chegarasini o’zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling