Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Konstitutsiya normalarining to’g’ridan-to’g’ri amal qilish printsipi
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
Konstitutsiya normalarining to’g’ridan-to’g’ri amal qilish printsipi. Konstitutsiya normalari oliy yuridik kuchga ega ekan, shu bilan birga ular to’g’ridan-to’g’ri amal qiladi. Yoki boshqacha qilib aytganda uning normalarini hayotga tatbiq qilish uchun (Konstitutsiyaning o’zida shu talab ko’rsatilmagan bo’lsa) qo’shimcha maxsus qonunlar yoki qonunosti hujjatlar qabul qilish shart emas.
Ayrim adabiyotlarda ko’rsatilayotgan boshqa bir qancha printsiplar, Konstitutsiyaning printsiplari bo’lmasdan, boshqa Konstitutsiyaviy institularining printsiplaridir, masalan, davlat bilan fuqaro o’zaro mas’ulligi printsipi, bu Konstitutsiyaviy printsip bo’lib, unda fuqaro manfaatining ustunligi ta’minlanadi, xalq suvereniteti printsipi, hokimiyat bo’linishi printsipi davlat hokimiyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy printsipidir, yoki Konstitutsiyaning 17-moddasidagi printsiplar, davlatning tashqi siyosat olib borish printsipi hisoblanadi. XXII bobdagi printsiplar esa sud va sudlov printsiplari hisoblanadi. Konstitutsiya masalasini o’rganishda Konstitutsiyalarni xususiyatlarini aniqlash, muhim masaladir. Xususiyatlar umumiy ya’ni umuman Konstitutsiyaga tegishli yoki alohida ya’ni ayrim mamalkatlarning Konstitutsiyalariga tegishli bo’lishli mumkin. Konstitutsiyaning xususiyatlari orqali uning yuridik tabiati ochiladi. Konstitutsiyalarni xususiyatlari uning huquq tizimidagi alohida o’rni, ijtimoiy munosabatlarni Konstitutsiyaviy tartibga solish mexanizmida aks etadi. Bu xususiyatlarga quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Konstitutsiya, maxsus sub’ektlar tomonidan alohida tartibda qabul qilinadi (legitimlik). Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga ega bo’ladi. Konstitutsiyaning tartibga solish doirasi keng va xilma – xildir. Konstitutsiya kelajak maqsadni ko’zlaydi. Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va muhofazalanadi. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi. 1. Konstitutsiyalar odatda xalq nomidan yoki uning vakillari nomidan qabul qilinadi. Konstitutsiya bevosita xalq nomidan referendum orqali (Rossiya Konstitutsiyasi) yoki alohida maxsus faqat shu maqsadda tashkil qilinadigan (Germaniya Konstitutsiyasi) yoki Qonunchilik organi – Parlament (O’zbekiston Konstitutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi. 2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi kuchga ega. Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi, bular shaxsning huquqiy holati asoslari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, uning printsiplari bo’lib, shunday normalar boshqa yuridik normalarni yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan O’zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan qoida davlat hokimiyatining vujudga kelishi uchun asos ta’sis xarakterga ega. Xuddi shuningdek hokimiyat bo’linishi printsipi mustahkamlangan 11-modda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi belgilangan 13-moddaning qoidalarida ham ta’sis etuvchi xususiyatni yaqqol ko’rsa bo’ladi. 3. Konstitutsiyaning tartibga soluvchi predmeti doirasining kengligi uning yuridik xususiyatlaridan biri sifatida ko’rsatiladi. Boshqa turli qonunlar alohida bir ijtimoiy munosabatni tartibga solsa (masalan mehnat huquqi – mehnat munosabatlarini, moliya huquqi – moliya munosabatlarini) Konstitutsiyaviy huquq tartibga soladigan munosabatlar doirasi turli tumandir. Masalan u shaxs huquqiy holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini ham, siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga soladi. 4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan cheklanmay, unga da’vat ko’rinishida bo’lsa ham kelajak maqsadlar belgilanadi. Masalan, O’zbekiston Konstitutsiyasi muqaddimasida “demokratik huquqiy davlat barpo etish” maqsadi ko’rsatilgan. 5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi uning muhim xususiyatidir. 6. Konstitutsiyani huquq tizimi poydevori bo’lishi masalasi keyingi bandlarda batafsil yoritiladi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling