Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
3.Konstitutsiyalarning turlari.
Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo’lish mumkin. Birinchidan, Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin: Yuridik Konstitutsiya (formal)-davlatning Asosiy Qonuni. Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy)-amaldagi real ijtimoiy munosabatlar. Tirik Konstitutsiya-AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o’zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda. Fiktiv (soxta) Konstitutsiya- sobiq SSSRning 1936 yil Konstitutsiyasi. Moddiy Konstitutsiya-konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir. Formal Konstitutsiya- Asosiy Qonun bo’lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega. Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko’ra quyidagi turlaga bo’lish mumkin: Yozma konstitutsiyalar. Og’zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar-Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari. Yaxlit konstitutsiyalar-Konstitutsiya matni yaxlit bo’lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O’zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo’la oladi. Yaxlit bo’lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo’ladi. Masalan, SHvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari. Yumshoq konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o’zgartiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o’zgartiriladi. Qattiq konstitutsiyalar- alohida murakkab tartibda o’zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O’zbekiston konstitutsiyalari. Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir. Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar-Iroqda 1970 yil Birlashgan Arab Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo’lgan konstitutsiyalar. Uchinchidan, Konstitutsiyalarni ularni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo’lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar sub’ektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo’lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega. Farb mamlakatlari Konstitutsiyalari. Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari. O’tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari. Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari. Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo’lish mumkin: Demokratik Konstitutsiyalar. Avtoritar Konstitutsiyalar. Totalitar Konstitutsiyalar. Adabiyotlarda yozma va yozilmagan konstitutsiyalar farqlanadi. Aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda belgilangan tartibda qabul qilinadigan yozma konstitutsiyalar amal qiladi. Hozirgi davrda konstitutsiyalarning yozma shaklda qabul qilinishi o’rinli degan fikr qaror topdi. SHu bilan birga, yozma konstitutsiyaga ega bo’lmagan mamlakatlar bor (jumladan, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya). Ba’zi mamlakatlarda konstitutsiya deganda bir necha huquqiy aktlar, hatto odatlar (konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi. Konstitutsiyalar qabul qilinish tartibiga ko’ra, turli ko’rinishlarga ega bo’ladi. Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, ya’ni podsho (monarx) tomonidan xalqqa in’om etilgan konstitutsiyalarga Lixtenshteyn, Nepal, Iordaniya davlatlarining konstitutsiyalari kiradi. O’z vaqtida Buyuk Britaniya Afrikadagi o’z koloniyalariga shunday konstitutsiyalar in’om etgan. Amal qilish vaqtiga ko’ra, muddati cheklangan va cheklanmagan, ya’ni muvaqqat va doimiy amal qiluvchi konstitutsiyalar bo’ladi. Muvaqqat konstitutsiyalar ma’lum muddatga yoki muayyan vaziyat vujudga kelgunga qadar qabul qilinadi. Masalan, Tailandning 1959 yildagi Konstitutsiyasi to Ta’sis majlis doimiy konstitutsiya loyihasini ishlab chiqqunga qadar amalda bo’ldi. Ko’pchilik konstitutsiyalar doimiy amal qiluvchi qonunlar hisoblanadi. Biroq bu hol ularning abadiyligini kafolatlamaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyatning o’zgarishi aksariyat hollarda yangi konstitutsiya qabul qilinishiga olib keladi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida harbiy to’ntarishlar oqibatida konstitutsiyalar juda tez-tez o’zgarib turadi. Masalan, 60 yillarning o’rtalarigacha Boliviyada — 20 ta, Kolumbiyada — 11 ta, Dominikan Respublikasida — 15 ta, Gaitida — 23 ta, Venesuelada — 22 ta konstitutsiya qabul qilindi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling