Qattiq konstitutsiyalar- alohida murakkab tartibda o’zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O’zbekiston konstitutsiyalari.
Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir.
Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar-Iroqda 1970 yil Birlashgan Arab Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo’lgan konstitutsiyalar.
Mavzu uchun testlar.
1.“Konstitutsiya” atamasi lotincha “consitutio” so’zidan olinib, mazmuni .......
A) Ishontirmoq, o’rnatmoq.
V) Tuzum , ishontirmoq.
S)* O’rnatmoq, belgilamoq.
D) Tasdiqlamoq, ishontirmoq.
E) To’g’ri javob yo’q.
2. Quyida berilgan izohlardan qaysi biri O’zbekiston
Konstitutsiyasining mohiyatiga zid?
A) Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni.
V)* Konstitutsiya - Prezident hokimiyatining hujjati.
S) Konstitutsiya - oliy yuridik kuchga ega bo’lgan hujjat.
D) Konstitutsiya - barcha huquq sohalari uchun yuridik asos.
E) To’g’ri javob berilmagan.
3. Hozirgi zamon ma’nosida "Konstitutsiya" tushunchasi qachon paydo bo’lgan?
A) XV asrda paydo bo’lgan.
V) XVII asr oxirida paydo bo’lgan.
S) VII asrda paydo bo’lgan.
D)* XVIII asr oxirida paydo bo’lgan.
E) XIX asr boshida paydo bo’lgan.
4. "Konstitutsiya"ga berilgan ta’riflardanJ.Byurdoning ta’rifini ko’rsating.
A)* "Konstitutsiya-siyosiy hokimiyatlarni tayinlash, tashkil etish va faoliyat ko’rsatishga oid qoidalar yig’indisidir".
V) "Konstitutsiya- bu fuqarolar erkinligi demakdir"
S) "Konstitutsiya-bu qonun kuchigaega bo’lgan formal hujjat bo’lib, uning yordamida jamiyat o’z-o’zini boshqaradi hamda o’zining turli idoralari bilan, shuningdek, bu idoralarning fuqarolar bilan munosabatlarini o’rnatadi"
D) “Konstitutsiya- davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, davlat hokimiyatini tashkil etishni va hokimiyat, jamiyat va shaxsning o’zaro munobsatlarini tartibga soladi”.
E) To’g’ri javob yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |