2-masala
Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy referndumi asosida ajralib chiqishi huquqiga ega) 74-moddaga asoslanib, o’z hududida referendum e’lon qildi. Ammo ushbu referendum O’zbekiston Respublikasi tomonidan tan olinmadi. Ushbu holatda, O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o’zgartirish referendum predmeti bo’lmaydi, deb qaraldi. Ushbu vaziyatda qanday yo’l tutish mumkin?
Savol:
Ushbu referendumning tan olinmasligi Qoraqalpog’iston Respublikasining suverenitetiga rahna solishi mumkinmi?
Qoraqalpog’iston Respublikasining suvereniteti nimalarda o’z ifodasini topadi?
Ushbu holatda O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmasligi printsipi buzilishi mumkinmi?
Referendum predmeti bo’la olmaydigan masalalarni sanab bering.
3-masala.
Ellikqala tumandagi Qishloq xo’jaligi kasb xunar kollejida O’zbek milliy kurashi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqa boshlanishi chog’ida ko’tarilishi lozim bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroqlari olib kelinganda, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining o’lchami Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i o’lchamidan kichik ekan. Kollej direktori bu holatdan musobaqa boshlanishiga oz vaqt qolgan xabardor bo’lganligi bois, bu kamchilikni bartaraf etolmadi. Natijada o’lchamlari har xil bo’lgan Davlat bayroqlari ko’tarildi. Bu holatdan xabardor bo’lgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kollej direktorini Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybladi. Kollej direktori esa, bu bayroqlarni tavsiya etgan va keltirib bergan musobaqa tashkilotchilaridan biri bo’lgan tuman hokimiligini aybladi.
Savol:
Ushbu holatda haqiqatan ham Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganmi?
Kollej direktorining ushbu vaziyatdagi harakatlari qontsnga zidmi?
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xatti-harakatlari qonuniymi?
Do'stlaringiz bilan baham: |