Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. O’zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishiga qanday sabablar ta’sir qildi?
2. Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya qanday faoliyat ko’rsatgan?
3. Komissiya Raisi loyiha ishlovchilariga qanday vazifalarni qo’ygan?
4. Konstitutsiya loyihasi qanday muhokama qilingan?
5. Konstitutsiyani yaratilishida o’zbek xalqining roli qanday?
6. Konstitutsiyani ishlab chiqishda milliy qadriyatlardan qanda y foydalanilgan?
7. Konstitutsiyaning yaratilishida jahon konstitutsiyaviy tajribasidan qanday foydalanilgan?
8. O’zbekiston Konstitutsiyasining tuzilishi qanday?
9. Konstitutsiyaga nima uchun o’zgartirish, qo’shimchalar kiritiladi, uning tartibi qanday?
Tayanch so’z va iboralar.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari,Ekologik harakat,Parlament ikki palatali tizimda (quyi va yuqori palata) tashkil qilindi,Senatni shakllantirish tartibi, Saylov tizimi , Senat a’zolarini saylash tartibi (pog’onachi saylov),Jamiyat va shaxs, xususiy mulk daxlsizligi,iste’molchi huquqi ustivorligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat faoliyati erkinligi, umummilliy boyliklar doirasi .
G L O S S A R I Y.
1.Demokratiya- (yunoncha“ Halq xokimiyati”)–inson siyosiy va fuqarolik huquqlarining kengligi, fuqarolarning davlat va xokimiyati idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida aktiv ishtirok etishi.
2.Referendum(lot. referendum – nima kerak bo’lsa, qilish ma’nosida
3.Votum (lotincha – iroda, hoxish)
4.Respublika – yunoncha “umumiy ish” ma’nosini bildiradi, davlatni idora qilish shakli bo’lib,unda davlatni saylab qo’yilgan kishilar boshqaradi.
5.Yuridik kafolat–fuqarolar va tashkilotlarning sub’ektiv huquqlarini muhofaza qilishning qonunda belgilangan vositalari.
6.Yashash huquqi - insonning eng asosiy ham tabiiy, ham ijtimoiy huquqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |