Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida qonunlar


Download 1.28 Mb.
bet8/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida qonunlar muhim rol o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchisi, Konstitutsiyaviy qonunlar, ikkinchisi, oddiy qonunlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday masalalar bo’yicha Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish kerakligi belgilanmagan. Ayrim mamlakatlar Konstitutsiyalarida qanday masalalar yuzasidan Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinish zarurligi belgilangan. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 13 ta moddasida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilishga doir masalalar berilgan. Bizning qonunchilik tajribamizda har qanday holatga konkret yondashilib, Konstitutsiyaviy darajada hal qilinishi mumkin bo’lgan masalalar yuzasidan Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinadi. Hozirga qadar mamlakatimizda quyidagi Konstitutsiyaviy qonunlar amalda: “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosisy printsiplari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to’g’risida”gi qonunlar. Konstitutsiyaviy qonunlar ham Konstitutsiya kabi to’liq Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo’ladi.
Keyingi manba bu – qonunlardir. Yuqoridagilardan farq qilib faqat Konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi qonunlargina Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo’ladi. Masalan, “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”, “Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”, “Saylov to’g’risida”gi qonunlar va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi farmon va farmoishlari Konstitutsiyaviy huquq manbalari bo’lib hisoblanadi. Masalan, hukumat tarkibi (tayinlash, vazifasidan ozod qilish), markaziy davlat idoralarini tuzish, Konstitutsiyada belgilangan boshqa mansabdor shaxslarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to’g’risidagi farmonlar va shu kabi bir qator hujjatlar – Konstitutsiyaviy-huquq manbasi bo’ladi.
Oliy Majlis palatalarining ayrim, ya’ni Konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi qarorlari ham Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo’lishi mumkin. Ular tomonidan qabul qilingan reglamentlar ham manba hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga yana, hukumat qarorlari, sud qarorlari (Konstitutsiyaviy sud), mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari ham kiritilishi mumkin.Faqat shunga alohida e’tibor berish kerakki, bu hujjatlar Konstitutsiyaviy huquq tartibga soluvchi munosabatlar doirasida qabul qilingan bo’lsa, hamma uchun majburiy xarakterga ega bo’lsa, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bo’lsagina Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo’ladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling