Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
O’zbekiston Prezidentini saylash tartibi
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
3. O’zbekiston Prezidentini saylash tartibi.
4. Prezident vakolatlari. 5.O’zbekiston Prezidenti faoliyatining kafolatlari 1. O’zbekistonda Prezidentlik institutini vujudga kelishi va rivojlanishi. Dunyo miqyosida prezidentlik institutini vujudga kelishi demokratik kuchlarning g’alabasi sifatida qaraladi. CHunki Prezident davlat boshlig’i sifatida paydo bo’lgach, xalq o’z davlat boshlig’ni o’zi saylab qo’yadigan, yoki prezident xalq saylagan vakillar tomonidan saylanishi, davlat boshlig’i lavozimini merosga qoldirish tartibi barxam topdi. Hozirgi vaqtda BMTga a’zo bo’lgan 192 davlatning 143 tasida prezidentlik lavozimi mavjud. SHuni o’zi ham dunyo xalqlari o’z taqdirini Prezident bilan bog’laganlarini ko’ramiz. Turli mamlakatlarning rivojlanishida, jahon hamjamiyatida o’rin tutishida mamlakat prezidentlari ijobiy rolь o’ynaydi. Jorj Vashinington, F.Ruzvelьt, Mustafo Ota Turk, SHarlь De Golь, I.Tito kabi prezidentlar mamlakatlarni taraqqiyotiga katta hissa qo’shib, xalqning, milatning iftixori, milliy qahramoniga aylangan. 1991 yil dekabrь oyida O’zbekiston birinchi Prezidenti I.Karimov umumxalq tomonidan, muqobillik asosida Prezident etib saylandi. SHundan keyin mamlakatda boshqaruvni barqarorlashtirish, ijro hokimiyatini kuchaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. O’zbekistonni yangi Konstitutsiya loyihasi ustida ishlashi jadallashtirildi. 1991 yil 31 avgustda mamlakat Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti minbarida O’zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi. Bu katta tarixiy voqea bo’lib, o’zbek xalqining azaliy orzusi ushalishi edi. Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish masalalariga to’xtalib, “Hozirgi paytda mamlakatimiz aholining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o’sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi yurtimizda ko’ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta sub’ekti, ya’ni davlat boshlig’i bo’lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda”46‑ deb qayd qildi va Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish haqida aniq ko’rsatmalar berdi. SHu kontseptsiya asosida Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimachalar Prezident maqomiga ham taalluqli bo’ldi. Ularga asosan, saylovlarda parlamentda eng ko’p o’rin olgan yoki bir xil o’rin olgan siyosiy partiyalar Bosh vazir lavozimiga nomzodni tavsiya etadi. Prezident Bosh Vazir nomzodini ko’rib chiqib, o’n kun ichida Oliy Majlis palatalariga ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qiladi. Prezident tomonidan taqdim etilgan nomzod Oliy Majlis palatasi tomonidan uch marta rad etilgan taqdirda, Prezident Oliy Majlisni tarqatib yuborib, Bosh vazir vazifasini boshqaruvchini tayinlaydi. Konstituttsiyaga kiritilgan o’zgartirishga asosan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik bildirib, u iste’foga chiqqan taqdirda, Prezident Bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasidagi partiya fraktsiyalari va deputat guruhi bilan maslahatlar o’tkazgandan so’ng, ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlisga taqdim qiladi. Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlar asosida, Prezident vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiritilgan har qanday masala yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin degan qoida ham endi barham topdi. Bu qilingan ishlar natijasida Prezident Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi vakolatlarini taqsimlanishida yanada mutanosiblik vujudga keldi. 2011 yil 12 dekabrdagi konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi qonunga asosan Prezident vakolat muddati yetti yildan besh yilga o’zgartirildi. Bu demokratik talablari, jahon tajribasiga mos bo’ldi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling