Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Deputat va senatorlarni chaqirib olish


Download 1.28 Mb.
bet142/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Deputat va senatorlarni chaqirib olish

Xalq deputatlai mahalliy Kengashlari deputatlarini, Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senat a’zolarini vakolatini muddatidan avval tugatish yo’llaridan biri ularni, muddatdan avval chaqirib olishdir.


Deputat va senatorlarni muddatdan avval chaqirib olish masalasi, 2004 yil 2 dekabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida”45gi qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunga asosan, deputatni, senatorni chaqirib olishga quyidagilar sabab bo’ladi:
- deputatning, senatorning O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini jinoiy, fuqaroviy, ma’muriy hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka olib kelish mumkin bo’lgan tarzda buzganligi;
- deputatning, senatorning axloq, deputatlik odobining umum e’tirof etilgan normalarni qo’pol ravishda buzuvchi va deputat, senator nomiga dog’ tushiruvchi hamda davlat hokimiyat vakillik organlarining obro’siga putur yetkazuvchi harakatlar, nojo’ya ishlar sodir etilganligi;
- deputatning, senatorning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganligi, shu jumladan tegishli xalq deputatlari Kengashlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislarida, ularning organlari ishida ishtirok etmaganligi, ularning topshiriqlarini bajarmaganligi.
Qonun hujjatlarini, ahloq va deputatlik odobi normalarini buzgan, o’z vazifalarini muntazam ravishda bajarmayotgan deputatni, senatorni chaqirib olish zarurligi to’g’risidagi qaror tegishlicha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan qabul qilinadi.
Deputatni, senatorni chaqirib olish masalasini ko’rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar va prokuratura tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan so’rovi ham asos bo’lishi mumkin.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling