Beshinchi. Saylov oldi tashviqoti. Deputatlikka nomzodlar faoliyatini kafolatlardi.
Saylov oldi tashviqot va targ’ibot ishlari saylov qonunlari bilan tartibga solingan va saylov jarayonining alohida tadbirlaridan hisoblanadi.
Saylov oldi tashviqoti Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashning tegishli Kengashlari deputatligiga nomzodlar tegishli Kengashlarga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan ro’yxatga olingan kundan boshlanadi.
Oltinchi. Saylovchilar ro’yxatini tuzish va saylov byulletenlarini rasmiylashtirish.
Saylovchilar ro’yxati – uni tuzish, ro’yxat bilan saylovchilarni tanishtirish, ro’yxat yuzasidan kelishmovchiliklarni hal qilish munosabatlarini keltirib chiqaradi. Saylovchilar ro’yxati ovoz berish imkoniyatini beruvchi hujjat. Saylovchilar ro’yxati saylov uchastkalarida, uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Ettinchi. Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash – har qanday saylov jarayonining muhim bosqichi.
Ovoz berish alohida jihozlangan, saylovchilar uchun qulay, yashirin ovoz berishni ta’minlaydigan darajada shakllantirilgan binolarda o’tkaziladi. Ularda yetarli miqdorda yashirin ovoz berish kabinalari bo’lib, ovoz berishga ulardan o’tib boradigan qilib joylashtiriladi.
Ovoz berish belgilangan kunda soat 6 dan 20 gacha o’tkaziladi. Ovoz berish joyi, vaqti to’g’risida uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida o’n kun qolganda saylovchilarni ogohlantiradi.
Sakkizinchi. Saylov natijalarini aniqlash.
Saylov natijasini aniqlashning birinchi bosqichida saylov uchastkasidagi ovozlar sanab chiqiladi.
Ovoz berish tugaganini e’lon qilingach, saylov komissiyasi a’zolari hozirligida, varaqalar solingan konvertlar qutilarga tashlanadi, foydalanilmagan byulletenlar sanab chiqilib bekor qilinadi va quti ochiladi.
Saylovlarni moliyalashtirish. Bo’shab qolgan o’rinlarga deputat va senatorlar saylash
O’zbekiston saylov tizimida va saylov jarayonida o’z o’rniga ega, lekin umumiy saylov jarayoni doirasidan chetga chiqadigan saylov munosabatlari ham mavjud. Masalan saylovlarni moliyalashtirish yoki bo’shab qolgan o’rinlarga saylov o’tkazish.
Moliyalashtirish saylov qonunchiligida ko’rsatilgan. “O’zbekiston Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunining 6-moddasi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining moliyaviy ta’minoti” deb nomlangan. Unga asosan, saylov bilan bog’liq barcha harakatlar davlat mablag’i hisobidan o’tkaziladi. Prezidentlikka nomzodlarni boshqa mablag’lar hisobidan moliyaviy ta’minlash va o’zga tarzda moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash taqiqlanadi. Respublikaning siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolari o’z mablag’larini saylov uchun ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablag’larni MSK saylov kampaniyasi davrida foydalanish uchun qabul qiladi.
Xuddiy shunday qoida, endi u deputatlikka nomzodlarga taalluqli “Oliy Majlisga saylov to’g’risida”gi qonunning 64-moddasida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunning 48-moddasida belgilangan.
Bu moddalarning mazmunidan kelib chiqilsa, birinchi, saylovning xarajatlari davlat hisobiga, uning byudjetidan qoplanadi, ikkinchi, nomzodlarni boshqacha tarzda qo’llab-quvvatlash mumkin emas, uchinchi, saylov o’tkazish uchun ixtiyoriy mablag’ o’tkazish mumkin, lekin bu biror partiya yoki nomzod uchun emas, umuman saylov uchun bo’ladi, undan MSK teng foydalanishni belgilaydi44.
Bu tartibni o’rnatilishi saylanadigan Prezident va deputatlar hech qanday kuchlarga, tashkilotlarga qaram bo’lib qolmasligini ta’minlaydi.
Siyosiy partiyalarning vakillik organlariga saylovda ishtirok etilishini moliyalashtirish tartibi “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi Qonuning 8-moddasida belgilangan. Yuqoridagilarga qo’shimcha sifatida mazkur moddada, siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag’larining bir deputatlikka nomzod hisobiga to’g’ri keladigan miqdori MSK tomonidan belgilanadi. Davlat mablag’lari shu partiyadan Qonunchilik palatasi deputatligiga ko’rsatilgach nomzodlar ro’yxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hammada siyosiy partiyaning hisob-kitob varag’iga belgilangan tartibda o’tkaziladi.
Qonunning shu moddasida ajratilgan mablag’lardan siyosiy partiyalar qanday va nima uchun foydalanishi ham ko’rsatib qo’yilgan.
Saylov yakunlari bo’yicha siyosiy partiya Qonunchilik palatasida partiya fraktsiyasi tuzish uchun zarur miqdorda (9 kishi) deputatlik o’rnini ololmasa, shu siyosiy partiyaga saylovda ajratilgan davlat mablag’lari partiyaning boshqa mablag’lari hisobidan davlat byudjetiga qaytarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |