4.Saylov jarayoni va unda ishtirok etuvchi sub’ektlar
Odatda, har qanday saylov jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil topadi: birinchi, saylov kampaniyasini boshlanganligini e’lon qilish yoki saylovlarni tayinlash, ikkinchi, saylov okruglari va saylov uchastkalarini tuzish; uchinchi, saylov komissiyalarini tuzish; to’rtinchisi, nomzodlar ko’rsatish va ularni ro’yxatga olish; beshinchi, saylovoldi tashviqoti; oltinchi, saylovchilar ro’yxatini tuzish; yettinchi, ovoz berishni tashkil etish va saylov natijalarini aniqlash; sakkizinchi, saylov yakunlarini e’lon qilish va deputatlarni, senatorlarni, Prezidentni ro’yxatga olish. Zarurat tug’ilsa, takroriy ovoz berish, hamda takroriy saylov o’tkaziladi. Bular qo’shimcha bosqichlardir. Bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovlarini o’tkazish; navbatdan tashqari yangi saylovlarni o’tkazish kabi jarayonlar har qanday mamlakatlarning saylov tizimida mavjud bo’ladi.
Saylov jarayonida, jarayon ishtirokchilari – sub’ektlarni aniqlash zarur.
Saylov jarayoni sub’ektlari bu saylovni turli bosqich va tadbirlarida ishtirok etadigan va o’zlarini alohida vazifa va o’rni mavjud ishtirokchilardir.
Saylov jarayoni sub’ekti quyidagilardan iborat:
1. Fuqarolar. Fuqarolar saylovlar jarayonini deyarli barcha bosqichlarida ishtirok etadi. Ular saylov jarayonida bevosita o’zlari yoki tegishli tuzilmalar, organlar faoliyati orqali ishtirok etadi. Boshqa barcha saylov jarayonini sub’ektlari faoliyatida fuqarolar ishtirok etadi. Faqat u yerda fuqaro sifatida emas, tegishli tuzilma a’zosi, xizmatchi sifatida. Fuqarolar saylov jarayonini tashviqot-targ’ibot ishlarida, saylov oldi yig’ilishlarida, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatida, turli saylov komissiyalari tarkibida a’zo bo’lib, ishonchli vakillar bo’lib, kuzatuvchilar tarkibida qatnashib, vakolatli vakil sifatida qatnashishi ularning saylov jarayonini sub’ekti sifatida bevosita ishtirokini ko’rsatadi.
Ommaviy axborot vositasida, turli davlat organlarida ishtirok etishi esa fuqarolarning saylov jarayonida bilvosita ishtirokini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |