Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet136/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Umumiy saylov printsipi – mamlakatdagi barcha fuqarolarga kimligidan qat’iy nazar, (ya’ni millati, dini, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, partiyaviyligidan qatiy nazar) saylov huquqidan foydalanish imkoniyatini beradi.
Teng saylov huquqi printsipi – har bir saylovchini bir ovozga ega ekanligi, fuqarolar faqat bir saylov uchastkasida ro’yxatga olinib, ovoz berishda ishtirok etishi, saylovda ishtirok etuvchi partiyalarga bir xil imkoniyatlar yaratilganligini bildiradi.
To’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi – har bir fuqaro mahalliy vakillik organlari, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga deputatlarni, shuningdek, Prezidentni saylashda bevosita o’zi shaxsan ovoz berish orqali saylovda ishtirok etishini bildiradi.
Yashirin ovoz berish – bunda fuqarolarning ovoz berishiga hech kim ta’sir qila olmaydi. Fuqarolar hech kimning ta’sirisiz ovoz bersagina o’zi xohlagancha ovoz berishi mumkin bo’ladi.
Saylovda ishtirok etishning erkinligi – fuqarolar saylovlarning hamma jarayonlarida, shuningdek ovoz berishda ham erkin ishtirok etadi. Saylov jarayonlarida ishtirok etishiga to’sqinlik ham qilmaydi, ishtirok etishga, ovoz berishga majbur ham qilinmaydi.
Oshkoralik ham saylov huquqining muhim printsipidandir. Saylovlarni barcha jarayonlari oshkora o’tadi. Ommaviy axborot vositalarida saylov jarayonlari bo’yicha muntazam ma’lumotlar berib boriladi. Saylovlarda kuzatuvchilarning ishtiroki (Xalqaro va milliy kuzatuvchilar) uning ishtirokini ta’minlaydi.
Saylov tsenzlari. Saylovda ishtirok etmaslik asoslari. Saylovlarda erkinlik
Saylov huquqi – fuqarolarning siyosiy huquqlari hisoblanadi. Undan foydalanish siyosiy hayotda ishtirokni ta’minlab, mamlakat taqdirini hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
Konstitutsiyamizning bu qoidasi saylovda qatnashmasligi uchun ikki asosini belgilaydi.
Birinchi – fuqaroning muomilaga layoqatini cheklanganligi, aqli zaifligi natijasida. Bunday shaxslar o’zlarini harakatlarini baholay olmaydi yoki ongli harakat qilolmaydi. O’zini harakati qanday oqibatlar keltirib chiqarishi anglamaydi. Ikkinchi– ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan ya’ni jazo o’tayotganlar. Bularni saylov huquqi jazo o’tash davrida to’xtatiladi.
Saylovlarda turli tsenzlar o’rnatilishi (tsenz cheklash ma’nosini beradi) mumkin. Hozirgi kunda butun dunyoda saylov huquqida mavjud bo’lgan tsenz – bu yosh tsenzidir. Yosh tsenzi fuqaroni voyaga yetgan bo’lishi, uning natijasida esa o’z harakatiga javob bera olishni nazarda tutadi.
Aktiv va passiv saylovda yosh tsenzi har hil o’rnatilgan, masalan, O’zbekistonda aktiv saylov huquqiga (saylash huquqiga) 18 yoshdan ega bo’linadi. Hamma organlarga saylash huquqi 18 yoshdan vujudga keladi. Passiv (saylanish huquqi esa) turli organlarga turlicha o’rnatilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashda deputatlar uchun 21 yosh, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari uchun 25 yosh. O’zbekiston Prezidenti bo’lib saylanish uchun 35 yosh belgilangan. SHu yoshga yetmaganlar tegishli organlarga saylana olmaydi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa, milliy, jinsiy, irqiy, mulkiy, irqiy cheklashlar nazarda tutilmagan.
Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan, Przident bo’lib saylanish uchun fuqaro o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmasligi, davlat tilini yaxshi bilishi, saylovgacha O’zbekistonda kamida 10 yil muqim (doimiy) yashagan bo’lishi kerak. SHu shartlar mavjud bo’lsa fuqaro nomzodi tegishli tartibda Prezidentlikka nomzod sifatida qo’yiladi va saylovda ishtirok etadi. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunda ham Prezidentlikka nomzodlar oldiga ba’zi talablar qo’yiladi. Ular quyidagilar:
- qasddan sodir etilgan jinoyatlari uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
- o’zlariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilganligi munosabati bilan qonun tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari (Qonunning 25-moddasi) Prezidentlikka nomzod bo’lolmaydilar.
Konstitutsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zosi bo’lib saylanadiganlar oldiga ayrim talablarni qo’ygan, fuqaro deputat va senator bo’lib saylanish uchun yigirma besh yoshga to’lgan va kamida besh yil O’zbekistonda muqim yashagan bo’lish kerak.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” Qonunda ham deputat bo’lib saylanuvchilarga ba’zi talablar qo’yilgan. (25-modda).
Quyidagilar:
- sodir etgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so’nggi besh yil mobaynida O’zbekiston hududida muqim yashamagan fuqarolar;
- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod qilib ro’yxatga olinmaydi.
Senat a’zoligiga saylanish uchun qonunning 53-moddasida talablar qo’yilgan bo’lib, senatorlikni yigirma besh yoshga to’lgan kamida besh yil O’zbekistonda muqim yashgan, Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi va Mahalliy Kengash deputatlari saylanadi.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 23-moddasida shu Kengash deputatligiga nomzodlar odiga ma’lum talablar qo’yilgan.
Quyidagilar:
- sodir etgan og’ir jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so’nggi besh yil mobaynida O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;
- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini harbiy xizmatchilari, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo’mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro’yxatga olinmaydi.
Sudьyalar, prokurotura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (hokimlar bundan mustasno) deputat etib saylangudek bo’lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo’shash to’g’risida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatligiga nomzod etib ro’xatga olinadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling