Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet132/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Qoraqalpog’iston Respublikasi
1-masala
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi qarori bilan To’rtko’l tumani nomini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qildi. O’zbekiston Respublikasi Hukumati ushbu masala O’zbekiston Respublikasi hukumatining roziligi bilan amalga oshirilmaganligiga e’tirof bildirdi.
Savol:

  1. Ushbu holatda Qoraqalpog’iston Respublikasining harakatlari qonunimi?

  2. Tuman va shaharlar nomini o’zgartirish tartibi qanday?

  3. O’zbekiston Respublikasi hukumatining bu boradagi e’tirozi o’rinlimi?

2-masala.
Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani hokimi Jo’qorg’i Kengesga tumanda “Tulpor” nomli qishloq tashkil etish haqida iltimosnoma kiritdi. Jo’qorg’i Kenges Qoraqalpog’iston Respublikasida faqatgina ovul tashkil etish lozimligini, bu masalani Oliy Majlisda hal etish lozimligini qayd etib, hokimning taklifini rad etdi.
Savol:

  1. Hokimning iltimosnomasi to’g’ri kiritilganmi?

  2. Jo’qorg’i Kengesning rad javobi qonuniymi?

  3. Qoraqalpog’iston Respublikasining ma’muriy-hududiy birligi va uni o’zgartirish tartibi qanday?

3-masala.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga “Qoraqalpog’iston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonun loyihasi kiritildi. Biroq Jo’qorg’i Kenges bunday qonun O’zbekiston Respublikasida qabu qilinmaganligi bois qonun loyihasini qaytarib yubordi. Bunga sabab sifatida Qoraqalpog’iston Respublikasining qonunlari O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelishi lozimligini keltirib o’tdi.
Savol:

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasining qonunlari O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelishi lozimligini qanday tushunish lozim?

  2. Jo’qorg’i Kengesining rad etishi qonuniymi?

  3. Ushbu qonunning qabul qilinishi qanday huquqiy oqibat keltirib chiqaradi?

4-masala.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi davlatning suverenitetiga xalqning roziligini aniqlash uchun referendum o’tkazishni bnlgiladi. Biroq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bu holat O’zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligiga, uning o’zgarishi sabab bo’lishini bu esa Oliy Majlis vakolatiga kirishligini aytib, bu masala avval Oliy Majlisda ko’rib chiqilishi va referendumga qo’yilishini bildirdi.
Savol:

  1. Ushbu tayinlangan referendum qonuniy asosga egami?

  2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining talabi o’rinlimi?

  3. Ushbu holatda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi qanday yo’l tutishi lozim?

5-masala
Qoraqalpog’iston Respublikasi Mang’it tumani hokimi tuman hududidagi “Oroybo’yi” ovulining nomini o’zgartirish maqsadida geografik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi komissiyasiga murojaat qildi. Komissiya tegishli hujjatlarni o’rgangan holda ushbu ovul nomini “Dustbiy ota” nomi bilan atash mumkinligi to’g’risidagi xulosani ilova qilgan holda Vazirlar Kengashi orqali Jo’qorg’i Kengesga yubordi. Biroq Jo’qorg’i Kenges ushbu hujjatni qaytarib, ovul nomini o’zgartirishni rad etdi.
Savol:

  1. Ushbu holatda Jo’qorg’i Kengesning harakatlari qonuniymi?

  2. Ushbu ovul nomini o’zgartirishni rad etishning huquqiy asoslarini sanab bering?

  3. Geografik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi komissiyasining harakatlarida qanday noqonuniy harakatlar mavjud?



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling