Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet131/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

1-masala
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani “Buktaroy” QFY “Nayman” qishlog’i fuqarolari qishloq guzarini yangi joyda belgilash va uning nomini shu binoni qurib bergan fuqaro J.ning otasi “Olimboy ota” nomini berishni so’rab tuman hokimiga murojaat qildi. Tuman hokimi bu masala viloyat hokimi tomonidan hal etilishini vaj qilib keltirib, ushbu murojaatni rad etdi.
Savol:

  1. Fuqarolarning xatti-harakati qonuniymi?

  2. Ushbu holatda tuman hokimining harakatlari o’rinlimi?

  3. Qishloq guzarlarini belgilash va ularning nomlarini belgilashga vakolatli organlar qaysilar?

  4. Bunday murojaat kim tomonidan amalga oshirilishi lozim?

2-masala.
2011 yilda Oliy Majlis Asaka shahrini Asaka tumaniga birlashtirish haqida qaror qabul qildi. Biroq bu hol tumanni birlashtirgan holda boshqarishda qiyinchilik tug’dira boshladi. Tuman hokimi shaharning infratuzilmasi, aholi soni va yer maydoni shahar tashkil etishga yetarli ekanini shahar hududini ajratishni so’rab Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma bilan murojaat qildi. O’z navbatida, bu murojaat Vazirlar Mahkamasi tomonidan rad etildi.
Savol:

  1. Tuman hokimining to’g’ri va o’rinlimi?

  2. SHahar tuzish uchun qanday talablar o’rnatilgan?

  3. Vazirlar Mahkamasining rad etishi o’rinlimi? Buning huquqiy asosini aytib bering?

  4. Hududiy birliklarni o’zgartirish qaysi davlat hokimiyati organiga tegishli?

  5. Tuman hokimi qaysi sub’ektga murojaat qilgan ma’qul?

3-masala.
Farg’ona viloyati Furqat tumani “Istiqlol” MFY faollari ushbu hududda “CHinor tepa” qishlog’ini tuzishni so’rab, tuman hokimligiga murojaat qildi. Tuman hokimligi O’zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarga nom berish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq ushbu qishloqni nomlash va tashkil etishni rad etdi. MFY faollari ushbu murojaat bilan viloyat hokimligiga murojaat qildi.
Savol:

  1. MFY faollarining tashabbusi o’rinlimi?

  2. Tuman hokimining rad etishi asoslimi?

  3. Qishloq tashkil etish va nomlashning huquqiy asoslarini sanab bering?

  4. MFY faollarining viloyat hokimligiga qilgan murojaatini qanoatlantirishning imkoni bormi?

4-masala.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Buxoro viloyatining hududini o’zgartirish bo’yicha qaror qabul qildi. O’z navbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’muriy-hududiy chegaralarni o’zgartirish Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolati hisoblanishini va bu masala qo’shma majlisda hal etilishi lozimligini qayd etdi.
Savol:

  1. Ma’muriy-huquqiy chegaralarni o’zgartirish tartibi Oliy Majlisda qanday tartibda ko’rib chiqiladi? Qo’shma majlis o’tkazish majburiymi?

  2. Senatning harakatlari qonuniymi?

  3. Qonunchilik palatasining e’tirozi o’rinlimi?

5-masala.
Vazirlar Mahkamasi Navoiy viloyatining Karmana tumani hokimi o’z vazifasidan ozod etilganligi bois, ushbu hududga rahbarlikni Xatirchi tuman hokimiga topshirdi. Endilikda Xatirchi tumani hokimi ham Karmana tumani, ham Xatirchi tumaniga rahbarlikni amalga oshirdi. Oliy Majlis Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini noqonuniy deb bu holat ikki tumanning birlashtirib yuborilishini anglatishini ta’kidladi.
Savol:

  1. Vazirlar Mahkamasining harakatlarida tumanni qo’shib yuborish alomatlari mavjudmi?

  2. Oliy Majlisning qarori qonuniymi? Bu hol tumanlarni qo’shib yuborilishini anglatadimi?

  3. Tumanni qo’shib yuborishning belgilari va tartibi qanday?


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling