Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


- mavzu- O’zbekistonda davlat xokimiyatini tashkil etish


Download 1.28 Mb.
bet133/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

8- mavzu- O’zbekistonda davlat xokimiyatini tashkil etish.


8. Saylov tizimi va saylov huquqi.
Reja:
1. Demokratik jamiyatda saylovlarning ahamiyati
2. Saylov tizimi va saylov huquqi.
3.Fuqarolarning saylov huquqi, saylov huquqi printsiplari
4. Saylov jarayoni va unda ishtirok etuvchi sub’ektlar


1. Demokratik jamiyatda saylovlarning ahamiyati

Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va fuqarolarning siyosiy huquqlari tizimida muhim Konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida markaziy o’rin egallab kelgan. Aynan, mazkur institut orqali fuqarolar bevosita yoki o’zlari saylagan vakillari timsolida davlat va jamiyatni boshqarish imkoniga egadirlar. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday ta’kidlaydi: “Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani”41.


Odatda davlat hokimiyati organlari ikki uslubda: saylash va tayinlash yo’li bilan shakllantiriladi. Odatda umume’tirof etilgan tamoyillarga muvofiq, ijro etuvchi hokimiyat va sudlov hokimiyati organlarining shakllantirilishi saylanadigan organlar tomonidan amalga oshiriladi. SHu asosda, saylovlar davlat hokimiyati organlarining butun tuzilmasiga oliy boshlang’ich legitimlikni ta’minlaydi42.
Davlatimizda bevosita saylov usuli bilan davlat boshlig’i – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisning quyi – Qonunchilik palatasi deputatlari saylanadilar. SHuningdek, saylash uslubi bilan Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari shakllantiriladi. Saylovlar referendum kabi xalq irodasini to’g’ridan-to’g’ri namoyon etilishini qonunlashtirilgan shaklini bildiradi.
Har qanday davlatni demokratik davlat, deb e’lon qilishning o’zi kifoya emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatining tegishli huquqiy institutlar, huquqiy kafolatlar bilan ta’minlashdan iboratdir. Bunda, Konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning tizimida saylov huquqi instituti muhim rolь o’ynaydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga erishishda saylovlar bir vaqtning o’zida ikkita yirik vazifani yechishga hizmat qiladi:
Birinchidan, saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo’lib, fuqarolarni uyushgan holda o’zlari yashab turgan davlat va jamiyatni boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Saylov xalq hokimiyatining bevosita oliy ifodasini tashkil etadi. Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi bo’lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib siyosiy tajriba orttiradilar.
Ikkinchidan, demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutloq huquq berilgan saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga oshirishidir.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling