Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet138/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2. Saylov komissiyalari. Vakillik organlariga saylov, Prezidentlikka saylov jarayonida saylov komissiyalari aloxida rol o’ynaydi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Prezidentlikka saylovda Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuzilsa, xalq deputatlari Kengashlariga saylovda tegishli Kengashga (viloyatga, shaharga, tumanga) saylov o’tkazuvchi saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuziladi.
3. Siyosiy partiyalar va harakatlar. Siyosiy partiyalar vakillik organlariga saylovda nomzod ko’rsatish huquqiga ega sub’ektdir. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod va Prezidentlikka nomzod ko’rsatish huquqi, faqat siyosiy partiyalarga berilgan. O’zbekiston Respublikasi Ekologik harakati, Qonunchilik palatasiga 15 ta deputat saylash huquqiga ega.
4. Ommaviy axborot vositalari. Saylov to’g’risidagi qonunlarga asosan OAV saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o’tayotganligini yoritib boradi. OAV saylov jarayonidagi har bir tadbirni, saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilingandan boshlab, saylov natijalarini e’lon qilishgacha yoritadi, ma’lumotlar beradi. 5. Kuzatuvchilar ishtiroki. Saylovlarni qonunga asosan o’tishi, adolatli o’tishini ta’minlashda kuzatuvchilar instituti muhim rol o’ynaydi. Kuzatuvchilar milliy – ya’ni mamlakat ichidagi tuzilmalardan tuzilgan hamda xalqaro kuzatuvchilar – xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillaridan iborat tuzilishi mumkin.
6. Vakillar. Saylov jarayonida deputatlikka, Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi.
O’zbekiston Prezidentligiga nomzod 15 tagacha, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar o’n nafarigacha, mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar uch nafargacha, ishonchili vakiliga ega bo’ladi.
7. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari. Fuqarolarning o’zini-o’zi organlari saylovni o’tkazishda faol ishtirok etadi. Ular tashviqot-targ’ibot ishlarida, nomzodlar bilan uchrashuvlar tashkil qilishda, saylovchilarni ro’yxatini tuzishda, saylov kuni, vaqti, joyi haqida saylovchilarga ma’lumotlar berishda tegishli organlarga yordam beradi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling