12. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qanday organ?
A) davlat hokimiyati vakillik organi
V) davlat hokimiyati ijro organi
S) *mahalliy davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi organ
D) jamoat birlashmasi
E) vakillik organi
13. Fuqarolar yig’ini bayonnomasi necha nusxada tuziladi?
A) *ikki nusxada
V) to’rt nusxada
S) bir nusxada
D) besh nusxada
E) uch nusxada
14. Fuqarolar yig’inining bayonnomasi va qarorini kim tomonidan imzolanadi?
A) oqsoqol shaxs tomonidan
V) Markaziy saylov komissiyasi raisi tomonidan
S) * fuqarolar yig’inining raisi va ma’sul kotib tomonidan
D) fuqarolar yig’inining raisi va xalq maslahatchilari tomonidan
E) hokim tomonidan
15. Fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli) va rais maslahatchilari qancha muddatga saylanadilar?
A) 5 yil
V) * 2,5 yil
S) 5 yil
D) 2 yil
E) 3 yil
Tarqatma materiallar.
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari
1-masala.
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi tomonidan viloyatda xorijiy valyuta zaxirasini shakllantirish maqsadida 2014 yilning fevralida tegishli qaror qabul qilindi. Qarorda xududda mahalliy valyuta fondi tashkil etish va undan foydalanish faqatgina Kengash roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkinligi belgilandi. Qaror qabul qilish uchun asos sifatida “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asos sifatida ko’rsatib o’tildi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasining byudjet qonunchiligiga asosida Kengashning mazkur qarorini tahlil qiling. Kengashlar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy-iqtisodiy vakolatlarni yoriting.
2-masala. Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi SH.ning qaroriga asosan, shu hududda joylashgan 50 akr yer maydoni fuqaro U.ga uy-joy qurish uchun ajratib berildi. Sung fuqaro U. o’zi uchun ajratilgan yer maydoniga ko’chmas mulk imoraptini qurishni boshladi va nihoyasiga yetkazdi. Qurilish tugallanganidan so’ng esa tuman prokuraturasi tomonidan sudga kiritilgan ariza orqali xokimning yer ajratib berish to’g’risidagi qarori haqiqiy emas deb topildi va fuqaro U.ga tegishli bo’lgan imorat yer maydoniga qo’shib olib qo’yildi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Hokim qarorining bekor qilinish tartibi va asoslarini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |