Parlamentning ichki tuzilishi.
An’anaviy jihatdan parlamentning ikki xil ko’rinishi mavjud: bir palatali va ikki palatali.
Bir palatali parlament (monokameralizm deb ham ataladi)palatalarga bo’linishni istisno qiluvchi umumxalq vakillik tashkilotlari – parlamentlar tuzilishidir. Dunyodagi mamlakatlarning 60%ga yaqinida , jumladan Yevropaning yarmi (Daniya, Finlyandiya, Vengriya, SHvetsiya, Ozarbayjon) da mavjud. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ham 2006 yilgacha bir palatali parlament asosiga qurilgan edi.
Ikki palatali tizim (bikameralizm) umummilliy vakillik muassasalarining parlamentlarning tuzilishi bo’lib,bunda parlament odatda har xil tarzda shakllanadigan, va turli vakolatga ega bo’lgan ikki palatadan iborat bo’ladi. Tarixan quyi palata demokratikroq hisoblangan,shu bois aristokratiya manfaatlarini himoya qilishi va quyi palataga nisbatan tormoz rolini o’ynashi kerak bo’lgan yuqori palata unga qarshi qo’yilgan. Ikki palatali tizim hozirgi vaqtda federativ davlatlarda ham, unitar davlatlarda ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi doimo aholi tomonidan bevosita saylangan.Yuqori palata turli usulda-bilvosita saylov (Frantsiya, Avstriya, GFRda) yoki bevosita saylov (AQSH, Italiya, Avstraliya, Yaponiyada) shakillantiriladi. Ba’zi mamlaktlarda (Buyuk Britaniya ) yuqori palata meros bo’yicha shakillantiriladi yoxud ularning a’zolarning davlvt rahbari tayinlaydi ( Kanada ). Bir qator hollarda yuqori palata aralash usulda shakillantiriladi: a’zolarining bir qismi saylanadi, bir qismi tayinlanadi, qolgan qismi meros printsipi bo’yicha joy egallaydi (Nepal). Ba’zi mamlakatlarda quyi palatadan farqli ravishda yuqori palata uchun vakolatlar muddati belgilanmagan, ularni tarkibi qismlab yangilanadi (AQSH, Argentina, Frantsiya va b.). Bu esa yuqori palataga katta tashkiliy ustunlik beradi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning izchilligi ko’rinishini beradi. Qisman yangilanadigan yuqori palatani tarqatish mumkin emas. Yuqori palata deputatligiga nomzodlarga odatda ancha jiddiy talablar (yuqoriroq yosh chegarasi va b.) qo’yiladi. Ko’pgina zamonaviy parlametni cheklangan (m-n, ko’p mamlakatlarda moliyaviy qonun loyihalari faqat quyi palataga taqdim etilishi mumkin, yuqori palata esa ularning qabul qilinishiga hech qanday ta’sir ko’rsata olmaydi). Palatalari teng huquqli bo’lmagan parlamentda quyi palata ma’qullagan nomoliyaviy qonun loyihalariga nisbatan yuqori palataning e’tirozlariga qarshilik ko’rsatishning muayyan tartibi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |