Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet223/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Hukumat vakolatlari.
Ijro hokimiyatining oliy organi sifatida hukumat vakolatlari juda kengdir. Ular ijor etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud xokimiyatlari orasidagi chegaradan kelib chiqqan xolda an’naviy tarzda ijro etuvchi hokimiyat vakolatlariga tegishli bo’lgan davlat faoliyatini muhim masalalarini qamrab olgan.
Vakolatlari:
1. Davlat apparatini shakillantirish va uni faoliyatini boshqarish ya’ni vazirlar, departamentlar va boshqa idoralar orqali faoliyatini yo’naltirish va muvofiqlashtirish.
2. Qonun chiqaruvchi faoliyatida ishtirok etish va ya’ni qonun ijodkorligi va qonun chiqarish tashbbusini namoyon qilish.
3. Qonunlarini bajarish va ijro etish.
4. Byudjetni tuzish va uni ijro etish,(bu yerda ijro tshabbus va vakolatlar to’lig’icha hukumatga tegishli bo’ladi).
5.Tashqi siyosatni amalga oshirish,(tashqi siyosat funktsiyalarini amalga oshiruvchi barcha organlar faoliyatini yo’naltirish) vaboshqarib turishi,diplamatik va konsulьlik apparati faoliyatini to’ldirib turish,qurolli kuchlari kontigentini aniqlar,tashqi razvetka organlari faoliyatiga rahbarlik qilish, xalqaro muzokaralarni olib borish, xalqaro shartnoma va kelishuvlarni tuzish.
6. Favqulodda xolat sharotidagi vakolatlari.
Ko’p davlatlarda bu borada maxsus qonunchilik mavjud. Bunday davlatlarga misol qilib, Buyuk Britaniya,AQSH,Germaniya Federativ Respublikalarini olishimiz mumkin. Xorijiy mamlakatlar hukumatlar vakolatlari hajmini aniq qilib belgilash qiyin masala. Biz buni bevosita konstitutsiya matnidan ham aniqlay olmaymiz. Bu uchun hukumatning real faoliyatini o’rganib chiqishimiz lozim. Umumiy qoida bo’yicha unitar davlatlarda hukumat vakolatlari aniq qilib belgilab qo’yilmaydi. Sababi shuki, qonun chiqaruvchi va sud xokimiyatlari o’rtasida chegari aniq deb bo’lmaydi. Buning ustida, ko’p xorijiy konstitutsiyalari barcha ijro etish vakolatlarini davlat boshlig’iga berib qo’yadi, amalda esa bu vakolatlar hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Ba’zi bir konstitutsiyalr xukumatga sof maslahatlarini berib qo’yyadi va bunda hukumat qandaydir bir davlat boshlig’i huzuridagi konsulьtativ organga aylanib qoldi. 1953-yilgi Daniya konstitutsiyasida quyidagicha yozilgan: “ Qirol davlatning barcha ishlari barcha ayrim bir cheklovlar bilan birga oliy hokimiyatga ega va u bu hokimiyatni vazirlar orqali amalga oshiradi”. Norvegiya konstitutsiyasi ham ijro etuvchi hokimiyatni qirolga beradi (* 3) . Hukumat davlat kengashi to’g’risida unda ham gapirib o’tiladi, faqat hukumatning roli qirolga maslahatlar berish ekanligi aytib o’tiladi xolos. Bir qator horijiy mamlakatlar konstitutsiyalarida hukumatning vakolat doirasi haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan.
V Frantsuz Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida hukumat to’g’risida shunday deyilgan:”Hukumat halqlarning siyosatini aniqlaydi va amalga oshiradi. Ma’muriy organlar va qurolli kuchlar uning tasarrufidadir”. Biroq zamonaviy Frantsiyaning deyarli barcha davlat hokimiyati prezident qo’lida to’plangan.o
Ayrim mamlakatlar (masalan Panama) konstitutsiyalari faqatgina hukumat vakolatlari doirasining predmetigina ko’rsatib o’tadi,lekin bu vakolatlari ro’yhati faqtgina rasmiy xarakterga ega.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling