Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


 Hukumatni tuzish, uning tarkibi va boshlig’i. Mahkamalar va ularning rahbarlari, hukumat va hukumat aьzolarining javobgarligi


Download 1.28 Mb.
bet224/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

7. Hukumatni tuzish, uning tarkibi va boshlig’i. Mahkamalar va ularning rahbarlari, hukumat va hukumat aьzolarining javobgarligi 
Boshqaruv shakliga ko’ra hukumatlar quyidagi ikki usul bo’yicha tuziladi:
 parlament yo’li bilan;
 parlamentdan tashqari yo’l bilan.
Parlament yo’li bilan hukumat tuzilishi parlamentar shakldagi boshqaruv uslubiga ega mamlakatlarda qo’llanadi. (parlamentar respublika yoki monarxiya, aralash respubliklar). Bunday mamlakatlarda hukumat tuzish huquqini parlamentning quyi palatasida ko’pchilik o’ringa ega bo’lgan partiya qo’lga kiritadi.
Parlamentar respublikalardagi hukumat tuzish tartibi an’anaviy, biroq ba’zi hollarda konstitutsiyada aniq bo’lmagan shaklda bayon etilgan bo’lishi mumkin. (Italiya, GFR, Hindiston). Bu yerlarda avvaliga davlat rahbari hukumat boshlig’ini tayinlaydi va u hukumatni tuzib, parlamentga uning shaxsiy tarkibini taqdim etadi. ( Italiyada – bu Vazirlar Kengashining raisi, GFR da – Federalkantsler, Hindistonda - premьer-ministr).
Agarda, taqdim etilayotgan hukumat tarkibi yoki uning rahbari parlament ko’pchiligining ishonchiga sazovor bo’lmasa, davlat rahbari tomonidan parlament tarqatib yuborilishi va yangi saylanuvchi parlament to’plangunicha xizmat hukumati tuzilishi mumkin.
Parlamentdan tashqari yo’l bilan hukumat tuzilishi prezidentlik respublikalarida, monarxiyalarning va aralash respublikalarning ba’zi turlarida qo’llanadi. Bu mamlakatlarda hukumat tuzish huquqiga parlament emas, balki saylanuvchi korpus egalik qiladi, chunki hukumat parlamentdan tashqari yo’l bilan saylanuvchi prezident tomonidan tuziladi.
Ba’zi prezidentlik respublikalarida parlament markaziy ijroiya organining tuzilishida bari bir ishtirok etadi. Mas.AQSH da Prezident Kabinet a’zolarini Senatning maslahati va roziligi bilan tayinlaydi. Tayinlovni amalga oshirish uchun Filippin prezidentiga pralamentning tayinlovlar bo’yicha komissiyasining roziligi kerak. Biroq, har ikkala davlatdagi hukumat tuzish uslubini parlamentdan tashqari yo’l deb atash uchun asoslar mavjud chunki tayinlovlar ustidan bo’lgan nazorat har ikkala holatda ham siyosiy xarakterga ega emas va parlamentga saylovlar natijasiga bog’liq hisoblanmaydi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling