Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Hukumatning tarkibi va strukturasi
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontinental tizim
- Anglosakson tizimi
- 8.Mahkamalar va ularning rahbarlari, xukumat va xukumat a’zolarining javobgarligi
Hukumatning tarkibi va strukturasi turfa xil va bir qator mamlakatlarda umuman qat’iy tartibga ega emas (Buyukbritaniya), bu esa har bir yangi hukumat rahbariga unga qanday vazirliklar, qanday boshqaruv doirasi bilan kerakligini mustaqil hal etishga imkoniyat yaratadi.
Italiya, GFR va Frantsiyada konstitutsiyalarda aytib o’tilmasa-da,barcha markaziy boshqarmalar rahbarlari (vazirlar, departamentlar rahbarlari, davlat kotiblari) hukumat tarkibiga kiradilar. Boshqa mamlakatlarda esa, aksincha ijroiya organining strukturasi qonun bilan tartibga solingan. (AQSH, SHveytsariya, Ispaniya, Polьsha). Mas.Ispaniyada hukumat tarkibi o’z ichiga qonun bilan belgilanadigan raisni, uning o’rinbosarlarini, vazirlarni va boshqalarni oladi. Hukumatning ichki tuzilishi juda har xildir, uni ikki asosiy tizimga bo’lish mumkin. Birinchisi kontinental va ikkkinchisi anglosakson. Kontinental tizim shunisi bilan xarakterlanadiki, uning tarkibiga umummilliy hududiy yurisdiktsiyasi bilan birga markaziy idoralar boshliqlari kiradi. Vazirlar, departamentlar boshliqlari, davlat kotiblari yagona bir kollegial organni tashkil qiladi va bu yagona organga bosh vazir boshchilik qiladi. Kontinental tizim AQSH, GFR, Frantsiya, Italiya va boshqa davlatlarda mavjud. Hukumatni tashkil etishning kontinental tizimida umumdavlat ijroiya idoralariga boshchilik qilayotgan biror bir mansabdor shaxs hukumat chegarasi doirasidan chiqib ketmaydi. Bunday tartib esa ular sonining oshishiga, bu sonning oshishi esa uning ish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. SHuning uchun bunday tizim mavjud bo’lgan ko’p mamlakatlarda faqatgina ko’zga ko’ringan va muhim bo’lgan idoralarga boshchilik qiladigan davlat arbobolaridan tashkil topgan tor doiradagi organ tuziladi. Italiyada hukumat tarkibining sonini chegaralovchi qonunlar yo’q. Italiya Konstitutsiyasining 95- moddasida ichki hukumat organi bo’lgan Vazirlar Kengashi Prezidiumini tashkil etish to’g’risida gap boradi. Vazirlar Kengashi Prezidiumi tarkibiga quyidagilar kiradi: vazirlar kengashi raisi, rais o’rinbosarlari, portfeli yo’q vazirlar va vazirlar kengashi raisi huzuridagi davlat kotiblari o’rinbosarlari. Bunday organni ta’sis etish anglosakson tizimiga tashlangan qadam desak bo’ladi. GFR da hukumat federal kantsler va federal vazirlardan tashkil topgan kollegiya hisoblanadi. Vazirlardan biri federal kantsler tomonidan kantsler o’rinbosari etib tayinlanadi va bu o’zrinbosar davlat boshlig’i kasal bo’lgan yoki mamlakatda bo’lmagan vaqtlarda uning o’rnini bosib turadi. Lekin bu kantsler o’rinbosari lavozimining bundestagga hech qanday aloqasi yo’q. Federal hukumat ishlarida odatda boshqa yuqori mansabdor shaxslar—respublika prezidenti idorasi boshlig’i, kantslerning shaxsiy referentlari ishtirok etishadi. Davlat uchun muxim ahamiyatga ega bo’lgan masalalarni muhokama qilish va yechish uchun federal hukumat majlislariga joylardagi hukumat bosh vazirlari taklif qilinadi. Bu 1951 yil 11 mayda qabul qilingan hukumat reglamentida ko’rsatib o’tilgan. G’arbiy German davlat amaliyotida esa ichki hukumat kollegiya uncha rivojlanmagan. Buni ikkki holat bilan tushuntirish mumkin: 1) kollegiyalllik hukumat doirasida uncha muxim ahamiyatga ega emas, chunki barcha muhim masalalar kantslerning o’zi tomonidan hal qilinqdi. 2) hukumatning tarkibi son jihatidan olib qaraganda uncha katta emas. Beshinchi Frantsuz Respublikasi Konstitutsiyasida hukumat to’g’risida kam gapirilgan. Uning tarkibi xaqidagi masala esa umuman tartibga solinmagan. Frantsuz hukumati tarkibiga (ya’ni Vazirlar kengashi bilan bir qatorda Mahkama kengashining ham) Markaziy ijroiya idoralariga boshchilik qiladigan vazirlar va “kichik vazirlar” hisoblanadigan va departamentlar boshliqlari bo’lgan kotiblar kiradi. Hozirgi zamonaviy Frantsiya hukumati prezident boshchilik qiladigan kollegiya hisoblanadi. Bosh vazir konstitutsiyasining 21-moddasiga muvofiq ayrim bir holatlarda, ya’ni prezidentning to’g’ridan-to’g’ri topshirig’i bo’lgan paytda Vazirlar Kengashi majlislariga rahbarlik qilishi mumkin. Bu narsa Vazirlar Kengashining kun tartibiga kiritilishi kerak. O’sha kollegiya prezident tomonidan emas, balki bosh vazir tomonidan boshqariladi. Bu kollegiya Mahkama kenash bo’lib, uning asosiy vazifasi Vazirlar Kengashi uchun qarorlarni tayyorlashdan iboratdir. AQSH mahkamasi esa ichki tuzulishi jihatidan olib qaraganda xuddi Frangtsiya mahkamasiga o’xshab kontinental tizimga kiradi. Anglosakson tizimi Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan va keyinchalik Kanada, Avstraliya, Hindiston va boshqa davlatlarga tarqalgan. Hukumat tuzumining bu tizimi ikki asosiy hussiyatlari bilan ajralib turadi: Birinchidan, real mavjud bo’lgan davlat hokimiyatining yuqrori ijro etish organi konstitutsiya tomonidan tan olinmaydi va yuridik nuqtai nazardan olib qaralganda noqonuniydir. Ushbu mavjud bo’lgan barcha mamlakatlarda mahkama konstitutsiyaviy kelishuv asosida mavjud bo’ladi. Ingliz huquqshunoslari Ueyd va Filipps shunday yozadilar: kabinetning mavjud bo’lishi mumkinligi 1937 yildagi Toj vazirlari to’g’risidagi qonunda aytib o’tilgan bo’lsada, mahkama shunday organki, uning mavjud bo’lishi qat’iy belgilab qo’yilmagan. Na yozma qonunlar va na umumiy huquq mahkamaning tarkibi va vakolatlarini ko’rsatib bermaydi. Makama faqatgina qirollik xizmatchilarining ma’lum bir guruhi bo’lib, ularni bosh vazir davlatni boshqarish masalasi bo’yicha qirolga birgalikda maslahat berish uchun taklif qiladi. Ikkinchidan, umuman olganda mahkamaga barcha ijroiya idoralarining boshliqlari kiravermaydi, balki ular orasidan eng muhimlarigina kiradi. Mahkamaga kirgan vazirlar tabiiyki hukumat a’zolari bo’lgan, lekin mahkamaga kirmagan vazirlarga nisbatan ko’proq hokimiyatga, obro’ e’tiborga va imtiyozlarga ega isoblanadi. SHunday qilib anglosakson tizimida ”hukumat” va “mahkama” tushunchalari aynan bir narsa emas. Hukumat mahkamaga nisbatan kengroq tushuncha va uni qamrab oladi. Zamonaviy Britaniyalik olim Pennet mahkama to’g’risida shuday yozadi: “Mahkama bu hukumatning qo’mitasi bo’lib, yigirma yoki shunga yaqin hukumatning yoshi kattaroq bo’lgan a’zolaridan tashkil topgan.Bu hukumatning a’zolari esa butun hukumat ishini nazorat qilish va muvofiqlashtish uchun to’planishadi ”. Mahkama hech qanday normativ akt chiqarmaydi, lekin u hukumat siyosatining barcha yo’nalishlarini belgilaydi va uning qarorlari siyosiy direktivalar xarakteriga ega. Faqat shundan keyingina ular yuridik kuchga ega bo’ladi.Mahkamaga saylovlarda g’alaba qozongan partiya yetakchisi- Bosh vazir boshchilik qiladi. U Mahkamani shakllantirishi bilan bir qatorda uning faoliyatiga rahbarlik qilishda ham hal qiluvchi rol o’ynaydi. Anglosakson tizimining Hindcha shakli ham Britaniya namunasiga o’xshab ketadi. Hindiston Kostitutsiyasi faqat Vazirlar Kengashi haqida gapiradi va unga kamgina vakolatlar beradi. Biroq amaliyotda o’ziga xos bo’lgan va o’z tarkibiga ega bo’lgan, tuzilgan Mahkama huddi Buyuk Britaniyadagidek kostitutsiyaviy kelishuv bilan mustahkamlab qo’yilgan. Bosh vazir boshchilik qiladigan mahkama tarkibiga faqatgina muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazirlargina kiradi: Tashqi ishlar vaziri, ichki ishlar vaziri, mudofaa vaziri, qishloq ho’jaligi va oziq – ovqat vaziri, jamoat ishlari vaziri, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri, mehnat vaziri, rejalashtirish va energetika vaziri, savdo va sanoat vaziri, temir yo’llar vaziri. 8.Mahkamalar va ularning rahbarlari, xukumat va xukumat a’zolarining javobgarligi Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling