Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Xukumat a’zolarining siyosiy mas’uliyati, ishonch va ishonchsizlik votumi, shaxsiy javobgarlik masalalari-


Download 1.28 Mb.
bet227/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Xukumat a’zolarining siyosiy mas’uliyati, ishonch va ishonchsizlik votumi, shaxsiy javobgarlik masalalari- Xukumat va uning a’zolarini yoki rahbarini parlament oldidagi siyosiy javobgarligi masalasini huquqbuzarlikdan kelib chiqadigan huquqiy javobgarlik masalasidan farqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Parlament oldidagi siyosiy javobgarlik faqat parlament va aralash turdagi boshqaruv shakli mavjud bo’lgan davlatlarda kelib chiqadi. SHu bilan birga davlat rahbari siyosiy javobgarlik masalasi ayrim aralash va prezidentlik shaklidagi boshqaruv shakliga ega bo’lgan davlatlarda alohida o’rin tutadi, biroq huquqbuzarlik uchun javobgarlik masalasi har qanday davlatda boshqaruv shaklining turidan qat’iy nazar mavjud bo’ladi va qo’llaniladi.
Parlamentni siyosiy javobgarligi shakllari:
Ishonchni rad etish;
 Parlamentga ishonchsizlik votumi bildirish
Votum (lotincha – iroda, hoxish)- 1) Vakillik organi tomonidan xukumatga, uning alohida a’zosiga, boshqa ijroiya organlariga, ijroiya organining mansabdor shaxslariga ishonch yoki ishonchsizlik votumini bildirilishi tushuniladi. O’z o’rnida shunday ishonch va ishonchsizlikni bildirilishi so’zsiz xukumatga, uning a’zolariga, boshqa ijroiya organlariga, ijroiya organi, uning mansabdor shaxslariga hamda vakillik organining o’ziga ham ma’lum bir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Mazkur holat ko’pchilik vaziyatlarda parlament amaliyoti bilan bog’langan holda ko’rsatiladi. Misol uchun oladigan bo’lsak, Rossiya Federatsiyasini Konstitutsiyasiga ko’ra, Davlat Dumasi Rossiya Federatsiyasi xukumatiga ishonchsizlik bildirish huquqiga ega hisoblanadi, biroq ishonchsizlik to’g’risidagi qaror qatnashchilar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qila olishi mumkin.
Armaniston Konstitutsiyasini 74-moddasiga ko’ra Xukumat yangi saylangan Milliy Yig’ilish to’la shakllanib bo’lgach yoki xukumatning o’zi shakllanib bo’lganidan keyin yigirma kun muddat mobaynida Milliy Yig’ilish majlisiga o’z faoliyat dasturini tasdiqlatish va ishonch votumini olish uchun taqdim etadi. O’z o’rnida Milliy Yig’ilish deputatlarining umumiy sonining kamida uchdan bir foizidan iborat guruxi Milliy Yig’ilishga xukumatga ishonchsizlik bildirish haqidagi qaror loyihasini taqdim etishi mumkin.
Agar shunday tarzdagi qaror kiritilmagan yoki qabul qilinmagan bo’lsa, xukumat tomonidan ko’rib chiqishga taqdim etilgan dastur qabul qilingan va ma’qullangan hisoblanadi deb hisoblash mumkin. Agar mabodo ishonchsizlik bldirish haqida qaror qabul qilingan bo’lsa, Bosh Vazir Respublika Prezidentiga iste’foga chiqish haqida ariza taqdim etishi lozim bo’ladi. Lekin ayrim xorijiy davlatlarda ishonch yoki ishonchsizlik votumini nafaqat xukumatga balki xukumatni alohida a’zolariga nisbatan ham qo’llanish imkoniyati nazarda tutilgan.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling