Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Vazirliklar tushunchasi, ahamiyati va turlari-
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat idoralari tushunchasi, ahamiyati va turlari
Vazirliklar tushunchasi, ahamiyati va turlari- ko’pchilik davlatlarda davlatning markaziy idora organi, sotsial-madaniy qurilish va ma’muriy-siyosiy faoliyatning ayrim tarmoqlarini boshqaradi. Yangi vazirliklar tuzish, mavjudlarini tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash O’zbekistonda Prezident vakolatiga kiradi va davlatning oliy vakillik organi- Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Odatda ko’pchilik davlatlarda vazirlik bu davlatdagi xukumat hisoblanib, u davlatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotini ko’p qirralarini belgilaydi. Vazirlik xukumat rahbari hisoblangan vazir (ingl. minister, fr. ministre) tomonidan boshqariladi. Vazirlik va uning rahbari turlicha davlatlarda turlicha nomlanadi. Jumladan, Bolgariya, Vengriya, Gretsiya, Italiya, Peru, Polьsha, Portugaliya, Turkiya va boshqa ayrim mamlakatlarda xukumatlarning nomi, ya’ni vazirliklar “Vazirlar Kengashi” deb nomlanadi. O’zbekistonda esa o’ziga xos ravishda vazirlik “Vazirlar Mahkamasi” deyiladi va u davlatning oliy ijroiya organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh Vazir, uning birinchi o’rinbosari, urinbosarlari va a’zolari kiradi. Davlat markaziy idoralarining boshliqlari, ya’ni vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va boshqalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari hisoblanadi. Vazirlarlikni boshqaruvchi xukumat rahbari ham turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Davlatlarda vazirlik rahbarlarini nomlashni eng ko’p tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:
Xukumat raisi; vazirlar kengashi raisi; vazirlar mahkamasi raisi; bosh vazir; kantsler. Ko’pchilik davlatlarda vazirliklar rahbarlari Bosh Vazir (Buyuk Britaniya, Frantsiya) deb nomlansa, ayrim davlatlarda Vazirlar Kengashi raisi (Italiya), Xukumat raisi (Ispaniya, CHexiya), Vazir-rais (Bolgariya), Federalь kantsler (Germaniya, Avstriya) deb nomlanadi. Davlat idoralari tushunchasi, ahamiyati va turlari- ijroiya xokimiyatiga tegishli bulgan va maxsus vakolatga ega bo’lgan davlat organi hisoblanib, ular davlat boshqaruvini ixtisoslashgan sohasida faoliyat olib boradi hamda mazkur soha doirasida o’ziga xos maxsus vakolatlarga ega bo’ladi. Davlat idoralarini nomenklaturasi turli xil bo’ladi va milliy an’analardan kelib chiqadi va bog’liq bo’ladi. Davlat idoralari quyidagicha bo’lishi mumkin: Xukumat idoralari (ularning rahbarlari xukumat tarkibiga kiradi): - vazirliklar; - departamentlar; - kotibiyatlar; - davlat qo’mitalari (sotsialistik davlatlarda); Vazirliklar tarkibida (va shunga o’xshash organlarda) ba’zida turli xil nomlar bilan yirik mustaqil organlar tashkil etilishi mumkin va ushbu organlar davlat kotiblari yoki boshqa turdagi shunday mansabdor shaxslar tomonidan boshqariladi. Noxukumat idoralar (ularning rahbarlari xukumat tarkibiga kirmaydi): - komissiyalar; - qo’mitalar; - kengashlar; - agentliklar; - idoralar va hokazo; Ushbu idoralar xukumatga bo’ysungan yoki mustaqil tarzda faoliyat ko’rsatishi mumkin (parlament qoshidagi yordamchi organlar sifatida). Xukumat a’zolari ko’pchilik holatlarda vazir deb atalishi mumkin. Davlat idoralari rahbarlari, ayniqsa xukumatga tegishli idoralar rahbarlari, shu bilan birga xukumatning boshqa a’zolari ma’lum imtiyoz va daxlsizlikdan foydalanadilar (xukumat rahbarlariga birinchi navbatda shunday huquq va imtiyozlar beriladi). Parlament shaklidagi boshqaruv tuzumiga ega bo’lgan davlatlarda taomil bo’yicha xukumat a’zolari parlament a’zolari yoki faqatgina quyi palata deputatlari bo’lishi lozim (Buyuk Britaniya, Hindiston va Germaniya), biroq aralash turdagi davlat boshqaruviga ega bo’lgan davlatlarda parlament a’zolarini xukumat tarkibiga kirishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling