4. Monarx maqomi.
Monarx maqomining xususiyatlari qanday shartlar bilan suveren huquqni ko’lga kiritishda (qirollikni, imperatorlikni, sultonlikni, amirlikni va boshqalarni) ko’rinadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, monarxlik avloddan avlodga meros bo’lib o’tadi. Vorislikning bir necha tizimi mavjud:
1. sali tizimi, unda taxni faqat erkak jinsi egallaydi ( Yaponiya, Norvegiya, Belgiya), ayollar esa bu huquqdan mahrumdirlar;
2. kastiliya tizimi, agar marhum monarxning taxt vorisligiga erkak zoti qolmasa ayol (qizi) egallaydi. Agarda kichik o’g’il va katta qiz vorislikka nomzod bo’ladigan bo’lsa, o’g’il ko’proq imkoniyatga ega (Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya va Niderlandiya);
3. avstriya tizimi ( tarixiy), taxtga talabgor erkak zoti qolmagan taqdirda ayollar egallashi mumkin ( oxirgi yuz yilda bu holat yuz bergani yo’q);
4. shved tizimi, 1980 yilgi qonunga muvofiq ayol jinsidagi vorislarning huquqlari ham erkaklarning huquqlari bilan tenglashtirildi.
5. musulmon tizimi, taxtni monarx oilasidagi ( yoki dinastiyasidan) eng maqbul komil shaxs talanadi (Saudiya Arabistoni);
6. qabilaviy, agar qirol qabilaning boshlig’i sifatida ko’rib o’tilsa, qabila kengashi marhumning o’g’illari orasidan tanlashadi (Nepal, Butan).
Monarx taxtga o’tirishi ham bir siyosiy jarayon hisoblanadi. Toj marosimi davlatning bosh diniy yoki siyosiy binosida bo’lib o’tadi va bu marosimda yuqori diniy qatlam, barcha oliy lavozimdagi mansabdor shaxslar, parlament vakillir, monarx yaqinlari, dvoryanlar tabaqasi ( agar mazkur mamlakatda dvoryanlik tituli bekor qilinmagan bo’lsa) ishtirok etadilar.
Toj marosimining asosiy va eng ko’p tarqalgan shartlariga quyidgilar kiradi:
meros qoldiruvchi bilan qon-qarindoshlik. Bu shart monarxining turmush o’rtog’ining merosxo’rlar qatoridan chiqarib tashlaydi. Bu monarxning asrab olgan, qon-qarindoshchi bo’lgan xollarda ham tadbiq qilinadi.
diniy tsenz. Me’rosxo’rlar tegishli dinga e’tiqod qilishi kerak. Bu urf-odatlar qirol hokimiyatini ilohiylashtirish, unga xudo tomonidan berilgan, muqadas deb qaralishi bilan bog’liq, agarda Britaniya Toji Angliya cherkovi boshlg’i hisoblansa, Britaniya taxtida ateistni yoki katoklikni tasavvur qilish qiyin. Malayziyada, Marokkoda, Saudiya Arabistonda va ko’pchilik boshqa islom mamlakatlarida qirol diniy boshliq bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |