Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet215/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Veto huquqi va uning turlari
Turli mamlakat davlat boshliqlarining ko’pchililgi veto huquqiga ega. Lekin veto huquqidan foydalanmaydigan va bunday huquqqa umuman ega bo’lmagan davlat boshliqlari ham bor.
Veto huquqi parlament tomonidan qabul qilingan qonunga imzo chekmay, irkor qilishida namoyon bo’ladi. Bunday huquq asosan prezidentga tegishli. Prezident faqatgina kechiktiruvchi veto huquqiga ega, agarda parlamentning ikkinchi o’qishida ham mutlaq ko’pchilik yana ovoz bersa, prezident mazkur qonunni qabul qilishga majbur bo’ladi.
Dualistik monarxiya yoki prezidentlik respublikasi boshlig’i promulьgatsiya bosqichida veto huquqidan foydalanishi mumkin, ya’ni bu qabul qilingan qonunni bekor qilish, uni imzolashdan va e’lon qilishdan bosh tortishidir. Parlamentar boshqaruv shakllaridagi ba’zi mamlakatlarda davlat boshliqlari veto bildirishi mumkin. Biroq bu imkoniyatni ular o’z shaxsiy qarorlariga asosan emas, balki hukumat yoki uning boshlig’i ko’rsatmasiga asosan qo’llashi mumkin.
Ko’pincha monarxlar mutlaq veto huquqiga ega bo’ladilar, ya’ni ular qabul qilingan qonunlarni butunlay bekor qilishlari mumkin va parlament bu vetoga qarshi chiqa olmaydi. Lekin mazkur huquq hozirda monarx tomonidan ishlatimaydi (masalan, uch yuz yil avval Buyuk Britaniyada konstitutsiyaga o’zgaritirishlar kiritilishi bilan monarx veto huquqidan mahrum qilindi). Musulmon davlatlarida esa veto huquqiga hojat ham yo’q, chunki parlamentning o’zi butunlay monarx irodasiga bog’liq.
Bir qancha yangi qabul qilingan konstitutsiyalarda, masalan ispan, yapon konstitutsiyalarida monarxga veto huquqi ajratilmagan.
Veto huquqi (qonun loyihasini tasdiqlanishini rad etish):
 Mutlaq (absolyut) yoki rezolyutsion veto – unda qonun loyihasi qayta tasdiq uchun yuborilishiga umuman yo’l qo’yilmaydi;
 Nisbiy yoki kechiktiruvchi veto – unda veto huquqi parlament tarafidan olib tashlanishi mumkin yoki u vaqtinchalik xarakterga ega;
 Tanlab olinuvchi veto – qonun loyihasini umumiy qismini tasdiqlagan holda uning biror – bir moddasiga qarshi chiqish (juda kam hollarda uchraydi).

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling