8. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko’ra: O’zbekiston Respublikasining butun hududida .......... fuqarolik o’rnatiladi.
A) ikki
V) * yagona
S) bir
D) ko’p
E) to’g’ri javob yo’q
TARQATMA MATERIALLAR.
4-Mavzu: Davlat suvereniteti va uning konstitutsiyaviy asoslari
1-masala
2013-2014 o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan Yunusobod tuman 258-maktabda o’tkazilgan bayram tadbirida davlatimiz bayrog’i ko’tarilib, madhiyasi kuylandi. 8-sinf o’quvchisi B. va A. davlat madhiyasini kuylash chog’ida do’stlari bilan kelishgan holda chap qo’lini o’ng ko’ksiga qo’yib, madhiyaning ikkinchi to’rtligidagi “bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni” so’zlarini “bag’ri tor o’zbekning iymoni yo’q” tarzida kuyladi. Buni eshitgan sinf murabbiysi ularni maktab direktori huzuriga olib kirdi va bunga nisbatan chora ko’rishni talab qildi. O’z navbatida, maktab direktori huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.
Savol:
Ushbu holatda qonun buzilishi holati mavjudmi? U qanday belgilanadi.
Ushbu maktab o’quvchilariga qanday chora ko’riladi?
Jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi?
Davlat ramzlari to’g’risidagi qonun hujatlarini buzganlik uchun javobgarlik bormi?
Sinf rahbari va maktab direktoriningharakatlariga baho bering?
2-masala
Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy referndumi asosida ajralib chiqishi huquqiga ega) 74-moddaga asoslanib, o’z hududida referendum e’lon qildi. Ammo ushbu referendum O’zbekiston Respublikasi tomonidan tan olinmadi. Ushbu holatda, O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o’zgartirish referendum predmeti bo’lmaydi, deb qaraldi. Ushbu vaziyatda qanday yo’l tutish mumkin?
Savol:
Ushbu referendumning tan olinmasligi Qoraqalpog’iston Respublikasining suverenitetiga rahna solishi mumkinmi?
Qoraqalpog’iston Respublikasining suvereniteti nimalarda o’z ifodasini topadi?
Ushbu holatda O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmasligi printsipi buzilishi mumkinmi?
Referendum predmeti bo’la olmaydigan masalalarni sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |