Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Iste’molchilar huquqlarining ustunligi


Download 1.28 Mb.
bet96/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

3.Iste’molchilar huquqlarining ustunligi

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik, mehnat qilish erkinligi davlat tomonidan ta’minlanadi va mulkning barcha shakllari bir xilda muhofaza qilinar ekan bunda iste’molchini huquqlari ustunligi inobatga olinadi, bu qoida konstitutsiyaviy qoida sifatida konstitutsiyamizning 53-moddasida mustahkamlab qo’yilgan.


Sababi iste’molchi bu eng avvalo insonlardir. Demokratik jamiyatda barcha masalada inson manfaati ustuvorligi ta’minlanadi. Bu printsip konstitutsiyaviy tuzum asoslaridan biri sifatida ham e’tirof etiladi. Konstitutsiyamizning 13-moddasiga binoan mamlakatimizda inson va uning huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Ana shu printsipni amaliy ifodasi esa iste’molchining huquqlarini ustuvor bo’lishini taqazo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” degan asarida mamlakatimizda shu davrlarda bu masalada jiddiy kamchiliklar borligini ko’rsatib, bu holatlar ishlab chiqarishga, iste’molchiga, odamlarning manfaatlariga zarar yetkazayotganligini ko’rsatib, tabiiy monopoliyalar to’g’risida qonun qabul qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini ko’rsatgan edi32.
SHundan so’ng iste’molchi huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik takomillashtirildi, kuchaytirildi, iste’molchi huquqlarini himoya qiluvchi organlar tizimi takomillashdi, bu borada jamoatchilik nazorati kuchaytirildi. Iste’molchiga o’z huquqlaridan foydalanish, huquq buzulishlari sodir etilsa uni tiklash uchun zarur bilimlarni berish maqsadida huquqiy targ’ibot ishlari olib borildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, iste’molchi huquqlari sog’lom raqobat bor joyda yaxshiroq, to’laroq ta’minlanadi. Raqobat esa munosabatlarining asoslaridir. Prezident tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”da raqobatni kuchaytirish, monopoliyaga qarshi kurashish, talabini kengaytirish masalalariga ham e’tibor berilgan. Bu sohada ayrim qarashlar eskirib, hozirgi davr talablariga javob bermay qolganligi, “Raqobat to’g’risida” yangi qonun qabul qilish zarurligi, yaqin istiqboldagi eng muhim vazifalarimiz boshlagan ishimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kuchaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, taransport va komunikatsiya sohalarini amalga oshirilishiga alohida e’tibor berish kerakligi qayd etildi33.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling