Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


O’zbekistonda qaysi kunlar bayram kunlari hisoblanadi?


Download 1.28 Mb.
bet93/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

26. O’zbekistonda qaysi kunlar bayram kunlari hisoblanadi?
A) ro’za hayit, 31 dekabrь, 8 mart
V) qurbon xayit, 8 mart, 31 dekabrь
S)* 1 yanvarь, 8 mart, 8 dekabrь
D) 16 yanvarь, 8 mart, 1 yanvarь
E) 1 yanvarь, 20 mart, kurbon xait


27. Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish - bu .....

A) *konstitutsiyaviy burch


V) erkinlik
S) shaxsiy huquq
D) iqtisodiy huquq
E) mas’uliyat
6-mavzu: JAMIYaT VA SHAXSNING HUQUQIY MUNOSABATI.
Reja:


1.Jamiyatning iqtisodiy negizlari .Iqtisodiy negiz tushunchasi.
2.Mulk shakllari, ularni teng huquqliligi.
3.Iste’molchilar huquqlarining ustunligi
4. Jamoat birlashmalarining tizimi, turlari, vazifasi
5. Siyosiy partiyalarning hokimiyatni amalga oshirishdagi ishtiroki
6. Davlat va jamoat birlashmalari munosabati
7.Oilaning Konstitutsiyaviy asoslari
8. Ommaviy axborot vositalari


1.Jamiyatning iqtisodiy negizlari .Iqtisodiy negiz tushunchasi.


Jamiyatning iqtisodiy negizlari deganda, jamiyatdagi mavjud iqtisodiy hayot, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan mulkchilik shakllari, ijtimoiy yo’nalishga qaratilgan ishlab chiqarish maqsadi, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning adolat printsipi asosida taqsimlanish, xo’jalikni boshqarishda bozor iqtisodiyoti printsiplariga asoslanganlik tushuniladi.
Bunday jamiyatda davlat jamiyatning iqtisodiy tuzimini o’rnatmaydi, faqat uning asosiy negizlarini himoya qiladi.
O’zbekiston jahondagi mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o’rganish , tahlil qilish va baho berish natijasida , bo’lajak iqtisodiyot bozor munosabatlari asosida bo’lishini belgiladi va bu munosabatlarda ham o’ziga xos jihatlarni qo’lladi. Mamlakatimizning iqtisodiy munosabatlari aniq ilmiy nazariya asosida tashkil qilinishiga katta e’tibor berldi.
O’zbekiston iqtisodiyotini tashkil qilish va rivojlantirish:

  • Respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush sharoitlarini ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish.

  • Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich jonlantirish, tashabuskorlikni va ishbilarmonlikni butun choralar bilan rivojlantirish, tadbirkorlikka keng erkinlik berish;

  • Mulk egalari huquqlarini davlat yo’li bilan himoya qilinishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tenligini qaror toptirish . shu asosda insonning mulkdan begonalashtirishga barham berish;

  • Iqtisodiyotni o’ta markazlashtirmaslik hamda monopoliyalarga barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish. Davlatning xo’jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechish, asosda bo’lishni belgilaydi27.

O’zbekistonni rivojlanish dasturi besh tamoyilida ham davlat va iqtisodiyot munosabatining asosiy tamoyillari belgilandi. Unga ko’ra:

  • iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turushi kerak;

  • davlat islohotlarini tashabbuskori sifatida maydonga chiqishi, boshqacha aytganda, davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarni ustuvor yo’nalishlarini balgilab berish, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchilik bilan o’tkazishi shart28.

O’zbekiston Konstitutsiyasining XII bobi “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” deb nomlangan va unda O’zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga tayanishi hamda iqtisodiyoning aniq negizlari belgilab qo’ilgan.
Konstitutsiyamizning 53-moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotini negizini xilma-xil shaklardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barovar muhofaza qilinishini kafolatlaydi” deb mustahkamlangan.
Bozor iqtisodiyoti ma’lum printsiplarga tayanadi. Bular quyidagi:

  • mamlakat iqtisodoyoti, bozor iqtisodiyotlariga asoslanishi konstitutsiyada mustahkamlanganligi ;

  • mulk shakllarini xilma xilligi va ularni bab-baravar muhofaza qilinish;

  • iste’molchi huquqini ustuvorligi;

  • erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi;

  • xususiy mulkni daxlsizligi va davlat himoyasida bo’lishi;

  • mulkdan mahrum etish faqat qonunga asosan amalga oshirilishi printsiplaridir.




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling