Davlat inson uchun


Hududiy masalalarni hal qilish mas’uliyati


Download 33.92 Kb.
bet2/8
Sana31.03.2023
Hajmi33.92 Kb.
#1313611
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu sirtqi

2.Hududiy masalalarni hal qilish mas’uliyati.
Barchamizga ayonki, islohot - bu yangilanish va o‘zgarish, ishlarning natijadorligi uchun mas’uliyatni yanada teranroq his qilish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo, boshqaruv tizimi, rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Insonning dunyoqarashi o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi, yangilanadi va shu asnoda Yangi O‘zbekiston poydevori mustahkamlandi.Shu tufayli joylarda - tuman, shahar va viloyat hokimliklarida investitsiyalarni faol jalb etish buyicha hokimurinbosarlari lavozimi joriy etilgani bejiz emas.
Hududiy boshqaruv organlarining budjet mablag‘larini shakllantirish, qushimcha zaxiralarni yaratish buyicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Budjet tizimini isloh qilish sohasida mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari yanada kengaytirildi. Endi har bir hudud rahbari berilgan imkoniyatlardan foydalanib, mas’uliyatni to‘la o‘z zimmasiga olishi, “o‘z aravasini o‘zi tortishi” kerak.
Shu munosabat bilan deputat va senatorlarni o‘zlari saylangan hududdagi muammolar, tegishli vazirlik va hokimliklar tomonidan qay darajada hal etilayotganini doimiy o‘rganib, nazorat qilib borishga chaqiraman.
Boshqaruv idoralarining xududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish maqsadida kelgusida har bir vazirlik o‘z ishini tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtiradi va tashkil etadi. Vazirlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatiga joylarda amalda qanday o‘zgarish bo‘lganiga qarab baho beriladi.
Davlat boshqaruv organlari va Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha prinsip va mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Har bir vazirlik o‘ziga ishonib topshirilgan sohada davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlashi va yakuniy natija uchun to‘liq javobgar bo‘lishi shart.
Vazirliklar bilan teng maqomda faoliyat olib borayotgan, hukumat va parlament bilan bevosita hamkorlik qilayotgan agentliklar, qo‘mita, inspeksiya va markazlarni tegishli vazirliklarga bo‘ysundirish talab etiladi.
Shuni nazarda tutgan holda, hukumatning vazifa va tarkibiy tuzilmasini yana bir bor tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish lozim. Bunday o‘zgarishlar davlat va xo‘jalik ishi sohasida deyarli bir xil vazifalarni bajarayotgan yuzdan ortiq boshqaruv organlari sonini tubdan qisqartirish imkonini beradi.
Biroq, ochiq tan olishimiz lozim, hokimlarning ham mahalliy kengashlarga, ham ijro hokimiyatiga rahbarlik qilishi eng rivojlangan davlatlarga xos demokratik prinsiplarga mos keladi, deb bo‘lmaydi. Hammaga ma’lum, hokimlar hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan mahalliy kengashlarga hisobotlar taqdim etadi. Kengashlar esa o‘z o‘rnida tegishli qarorlar qabul qiladi.
Yangi O‘zbekistonga xalqimizning orzu- intilishlarini teran anglaydigan, unga sadoqat bilan xizmat qilishni muqaddas burch, deb biladigan, bilimdon va qat’iyatli rahbarlar zarur.Davlat xizmatiga yuksak intellektual salohiyat va yangicha tafakkurga ega, mustaqil fikrlovchi, vatanparvar va o‘z xalqiga sodiq, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishga qaratilgan kadrlar siyosatini davom ettiramiz.
Davlat xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari asosida xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishi, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha shaffof mexanizmlari joriy etiladi hamda ularning aniq vazifalari belgilanadi. Menejmentning zamonaviy usullari va korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etilib, autsorsing dasturlari amalga oshiriladi.
Bizning mazkur masaladagi qat’iy pozitsiyamiz shundan iboratki, davlat xizmati haqiqiy professionallar maktabi bo‘lib, bu tizimda faoliyati va davlat xizmatida o‘z kasbining chinakam ustalari ishlashi shart.


Download 33.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling