Inson yashar ekan toki dunyoda, Kerakdir odamga axloqu ilm. Zakovat axloqni qilur ziyoda, Mehribon, sabrli, dono muallim


Download 388.08 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi388.08 Kb.
#1735810
Bog'liq
1 oktabr-Oqituwchilar kuniga

Viloyat bolalar kutubxonasi ma’lumot va bibliografiya sho’basi



« El – yurtimizning tayanchi va suyanchi»


( O’qituvchi va murabbiylar kuni) ga bibliografik ko’rsatkich)

Farg’ona-2023


Inson yashar ekan toki dunyoda,
Kerakdir odamga axloqu ilm.
Zakovat axloqni qilur ziyoda,
Mehribon, sabrli, dono MUALLIM
Ulug‘ shoirimiz mavlono Furqat ilm-ma’rifatni ko‘ngillarning sururi, ko‘rar ko‘zlarning nuri, deb ta’riflaganini hammamiz yaxshi bilamiz. Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbilayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi”-degan edilar muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirzieev. Istiqlol yillarida yangicha tafakkurga ega, sog‘lom va barkamol o‘g‘il-qizlarni tarbiyalashda pedagoglarning o‘rni va mavqei har qachongidan ko‘ra yuksaldi.
Ustoz! Qanday jarangli va serma’no so‘z bu. Bu so‘z zamirida ilm, mehr, sadoqat, axloq, xoksorlik, hallolik, yuksak sabr-bardosh ma’nolari mujassam.
Ustoz maktabga ilk qadam qo‘ygan, qalbi oppoq qog‘ozday beg‘ubor bolalarning qo‘liga qalam tutqazib, muhru sabr, mashaqqat ila yozishni, o‘qishni o‘rgatadi: ularni ilmlar dunyosiga olib kiradi.
Ustoz – bu ma’rifat, ilm-fan, axloq, gulistonning mehnatkash, mehrli bog‘bonidir. Ular yosh nihol – o‘g‘il-qizlarga saboq berib, axloqiy ma’rifat baxsh etadilar. Ustoz – bog‘bon, o‘z niholiga to‘g‘ri tarbiya, ta’lim bersagina, o‘quvchi aqlli, bilimli, tarbiyali bo‘lib voyaga etadi.
Bordiyu o‘qituvchi chalasavod, no‘noq bo‘lsa, yosh qalblarga ilm-ma’rifat urug‘ini ekolmasa, yoshlarning aql-axloqi yuksalmaydi, ularning kelajagi barbod bo‘ladi:
Yoshlik chog‘ida o‘rganish bilan,
Aql ham, idrok ham topishing oson
Xohlagan tomonga egib qo‘yadi,
Nihollik chog‘ida daraxtni bog‘bon.
Qiyshig‘in hech kishi to‘g‘irlay olmas.
Yosh nihol ulg‘ayib bo‘lganda yo‘g‘on,-
deb Abu Shukur Balxiy bejiz aytmagan.
Aziz kitobxon! Mana o‘qituvchi va murabbiylarning kasb bayramalri kuni ham eshik qoqib kelmoqda. Shu kunga bag‘ishlab matbuot nashrlarida chiqqan quyidagi maqolalarni siz bizning bolalar kutubxonamizdan olib o‘qishingiz mumkin. Biz sizlarga ularni tavsiya qilamiz.

Hazratova, Sh.


O’qituvchi kim? Yoxud bir maktabning muvaffaqiyatga erishish sirlari / Sh. Hazratova // Ma’rifat.-2022.-16 noyabr.-b.5
Устозларга эҳтиром – келажакка кўрсатилган рағбатдир.
// Халқ сўзи.-2021.-1 октябрь.-б.8
Қобилов, Ш.
Инсон қалбининг муҳандислари ёҳуд таълим-тарбияда таътил бўлмайди.
// Янги Ўзбекистон.-2021.-1 октябрь.-б.5
Mustafoev,E.
Ko’ring, havas qiling, men-Muallimman
// Ma’rifat.-2021.- 29 sentabr.-b.2
Бобожонов,Р.
Инсон камолотининг меъмори / Р.Бобожонов // Халқ сўзи.-2021.-29 сентябрь.-б.14
Каримов,Д.
Янги уйғониш даврининг таянч устунлари шарафланди / Д. Каримов
// Халқ сўзи.-2021.-30 сентябрь.-б.1,4
Остонов , Н.
Ўқитувчи, муаллим, устоз-мураббий... / Н.Остонов,Т.Примов //
Халқ сўзи.-2022.-27 снтябрь .-б.1,4

Холмуродов, Р.


Миллат муаллими / Р.Холмуродов // Халқ сўзи.-2022.-28 сентябрь.-
Б.1,4
Шодиева, З.
Касблар ичра энг улуғи / З. Шодиева // Халқ сўзи.-2022.-29 сентябрь.-
Б.1,4
Qalandarova, G.
O’quvchi qalbiga yo’l / G. Qalandarova // Ma’rifat.- 2023.-8 mart.-b.6
Асқаров, Л.
Ўқитувчилар конституциявий мақомга эга бўлди / Л. Асқаров // Янги
Фарғона.- 2023.-3 июль.- б.3


Download 388.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling