Davlat investitsiya siyosati taxlili
Download 213 Kb.
|
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI TAXLILI
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI TAXLILI Reja:
Mamlakat investitsiya siyosati va iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning mohiyati va ahamiyati. Uzbekistonda xorijiy investitsiyalarni davlat tomonidan boshkarilishi. Xorijiy investitsiyalar va ularni milliy iqtisodiyotga jalb qilishda xalqaro moliya institutlari faoliyati Taklif va xulosalar Adabiyotlar ro’yhati KIRISh Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm-fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan, dunyodan ajralgan holda rivojlanishi mumkin emas. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida O’zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilar ekan, uni xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Halqaro moliyaviy mablag’larning harakati bilan bog’liq muammolar respublika iktisodchi olimlari va amaliyot xodimlari oldiga rejali iqtisodiyot davrida echish talab qilinmagan vazifalarni quymoqda. O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va shu o’rinda halqaro moliya institutlari bilan bevosita aloqada bo’lish muammosi xozirda iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi, agrar respublikani industrial davlatga aylantirishdagi muhim muammolardandir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga ulkan e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladilar. Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13.6 foizga ko’p, ya’ni 9 milliard 700 million AQSh dollariga teng miqdordagi investitsiyalar o’zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi. Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish – bu asosiy etakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat”1. Erkinlashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad ochiq iqtisodiyot va demokratik jamiyat yaratishdir. Bunday sharoitda qimmatli qog’ozlar bozori (QQB)ni rivojlantirish va ular orqali institutsional investorlarning investitsiyalarini keng jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov bu borada, jumladan, shunday degan edi: “Aynan qimmatli qog’ozlar bozorining holatiga qarab bozor munosabatlari shakllanishi jarayonining nechog’lik shiddatli kechayotganligiga xolisona baho berish mumkin”.2 O’zbekistonda QQB va unga taalluqli infratuzilmalarni takomillashtirish korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish hamda iq- tisodiyotning real sektorini rivojlantirishning asosiy yo’nalishi hisoblanishi tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab beradi. Xorijlik mualliflar orasida P.Samuelson, G.Markovits,3 Ernando De Soto,4 U.Sharp,5 L.Zingales va boshqalarning iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o’sish va investitsiyalar o’rtasidagi aloqani o’rganishga bag’ishlangan asarlarini ko’rsatib o’tish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida investitsion faoliyat muammolari I.Balabanov, B.Alexin, V.Galanov, Yu.Kasimov,6 A.Kilyachkov, Ya.Mirkin,7 B.Rubtsov kabi Rossiyalik olimlarning ilmiy ishlarida ham o’z aksini topgan. Investitsiyalar bozori va uning bozor iqtisodiyotidagi rolini tadqiq etishga bag’ishlangan ishlar orasida M.Sharifxodjaev, D.Gazibekov,8 A.Vaxobov, Sh.Abdullaeva, Sh.Shoxa’zamiy,9 O.Rashidov, V.Kotov, S.Chepel,10 I.Butikov,11 kabi vatanimiz olimlarining ishlarini ham alohida ko’rsatish mumkin. Shu bilan birga investitsiyalar sohasiga mansub bo’lgan ko’plab nazariy va amaliy masalalar etarlicha ishlab chiqilmagan va mahalliy iqtisodchilarning tadqiqotlari doirasidan chetda qolib ketmoqda. Xususan, xorijiy olimlarning ko’rsatilgan ishlarida investitsiyalar bozori rivojlangan, keng tarqalgan investitsiyalar usullari va shakllari tizimiga ega mamlakatlarda investitsion faoliyat amaliyoti va ko’p yillik tajribalari umumlashtirilgan. Download 213 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling