Davlat investitsiya siyosati taxlili


Xorijiy investitsiyalar va ularni milliy iqtisodiyotga jalb qilishda xalqaro moliya institutlari faoliyati


Download 213 Kb.
bet7/10
Sana02.05.2023
Hajmi213 Kb.
#1422839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI TAXLILI

3.Xorijiy investitsiyalar va ularni milliy iqtisodiyotga jalb qilishda xalqaro moliya institutlari faoliyati
O’zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga bagishlangan asarida 2009 — 2014 yillarga mo’ljallantan mamlakat iktisodiyotini moderni­zatsiyalash dasturini ishlab chiqish to’g’risidagi masalaga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoklarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha maqsadli loyihalar o’z ifodasini topgan.
Mazkur keng ko’lamli dasturni amalga ohirish uchun mamlakatimda so’nggi yillarda jiddiy tayyorgarlik ko’rib kelinmoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu jarayonni yanada jadallashtirishda turtki berib, uni har tomonlama tezlashtirishni taqozo etmokda. 13
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologiyalar, qayta jihozlash, transport kommunikaiiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi.
«Investitsiya dasturi va texnik modernizaiiyalash bo’yicha tarmoq dasturlari doirasida 2009 yil mobaynida 690 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Ularning 303 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Respublikamizda jami 22 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti, jumladan, neft-gaz, kimyo, metallurgiya sanoatida 8 ta, mashinasozlik sanoatida 9 ta va qurilish industriyasida 5 ta ob’ekt foydalanishga topshirildi».14
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish sharoitida iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqilli. Ushbu dastur doirasida umumiy qiymati 42,5 mlrd. dollardan ziyod bo’lgan qariyb 327 ta investitsii doyihasi amalga oshiriladi. 2009 - 2014 yillarla amalga oshirish ko’zda tutilayotgan investitsion loyihalarning 73,5% i yangi qurilish, 23,1% i modernizatsiya va tiklashga, 3,4% i boshqa yo’ialishlarga sarflanadi (2.1-jadval).
2009 - 2014 yillarda amalga oshirish ko’zda tutilayotgan investitsion loyihalarning 50,6% neft va gaz tarmog’i, 13,7% transport va infratuzilma, 10,6% energetika sohasi, 7,3%. kimyo sanoati, 4,4% i tog’-kon va metallurgiya sanoati, 2,7% mashinasozlik sohasi, 2,3% i qurilish mollari ishlab chikarish, 2,1% m engil sanoat, 1,4% i «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zoiasi va 4,9% boshqa tarmoqlar hissasiga to’g’ri kedadi (2.1 -jadval)

2.1-jadval


2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo’yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi 15






Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling