1-mavzu. Elektr energetika sohasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
O‘zbekistonda energetika sohasi.
Elektr energetika sohasi rivojlanishi. Elektr energetikaning inson farovonligi va xalq xo‘jaligi rivojlanishidagi o‘rni, vatanimizda energetika sohasining rivojlanishi va istiqbollari.
2-mavzu. Elektr energiya manbalari.Turli energiya manbalari asosida
ishlovchi elektr stansiyalar turlari.
Ananaviy va muqobil energiya manbalari. O‘zbekistonda muqobil energiya
manbalari asosida ishlovchi elektr stansiyalarni ishlatish istiqbollari. Avtonom va
energetika tizimi tarkibidagi elektr stansiyalar; tiklanmaydigan va tiklanuvchan
energiya manbalari bo‘lgan elektr stansiyalar.
3-mavzu. Elektr energetika tizimining tarkibiy qismlari.
Elektr stansiyalar turlari, nim stansiyalar, taqsimlovchi va transformator
punktlariining asosiy jihozlari. Elektr tarmoqlari turlari.
4-mavzu. Elektrotexnika va elektromexanikaning asosiy qonunlari. Soha
rivojlanishiga asos solgan kashfiyotlar va olimlar.
Energiya saqlanish qonuni, Om, Kirxgof qonunlari, elektromexanika qonunlari.
M.Faradey tomonidan elektromagnit induksiyasi prinsipi va o‘zgarmas tok
mashinasining kashf etilishi. Dolivo-Dobrovolskiyning o‘zgaruvchan tok
mashinalari, uch fazali o‘zgaruvchan tok tizimlarini ixtiro qilishi.
2-bob
5-mavzu. Elektr energetika tizimi jihozlari va istemolchilarda elektr
mashinalar va transformatorlarning qo‘llanilishi.
Elektr energiyani uzoq masofaga uzatishdagi energiya isrofi muammolari va
kuchlanishni transformatsiyalash bilan elektr tarmoqlarida isroflarni keskin
kamaytirish. Sanoat korxonalarida qo‘llaniladigan pasaytiruvchi transformatorlar,
elektr yuritmalar motorlarining turlari, ishlatish sharoitlari va rejimlari.
6-mavzu. Elektr mashinalari va transformatorlar ishlab chiqarish, ular
ekspluatatsiyasi va olib borilayotgan ilmiy jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot.
Vatinimizda elektr mashinalar ishlab chiqarish sohasi rivojlanishining pozitiv
va negativ omillari, O‘zbek olimlar hissasi va ishlab chiqarishdagi milliy kadrlar
haqida ma’lumot.
7-mavzu. Elektr mashinalari va transformatorlarning qo‘llanilish
sohalari, ular uchun davlat standartlari.
Elektr mashinalari va transformatorlar qo‘llaniladigan sohalar to‘g‘risida
tushuncha berish.
8-mavzu. Elektr mashinalariga qo‘yiladigan talablar, ularning pasportlari
va pasport yordamida ular haqidagi ma’lumotlarni aniqlash.
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr mashinalari, bir fazali va ko‘p fazali
transformatorlar haqida umumiy tushunchalar. Pasport haqida ma’lumot.
9-mavzu. Transformatorlar tuzilishi, ulardagi materiallar va ularni
etkazib berish sharoitlari.
Transformator tuzilishi va asosiy elementlari, ularning materiallari va ularni
maxalliy sharotida ishlab chiqarish muammolari.
3-bob
10-mavzu. Asinxron elektr mashinalari haqida umumiy tushunchalar.
Asinxron mashinalar tuzilishi. Aylanuvchi magnit maydon hosil qilinishi,
rotorning magnit maydonida sirpanishidagi aylantiruvchi moment. Motor, generator
va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlashi
4-bob
Sinxron mashina tuzilishi, generator rejimida ishlatish
Sinxron mashina konstruksiyasi, rotori noayon va ayon qutbli bo‘lgan sinxron
mashinalar, turbo- va gidrogeneratorlar. Sinxron motorlar va kompersatorlar. Reaktiv
quvvat haqida qisqacha ma’lumotlar. Katta quvvatli sinxron motorlarni ishlatish
afzalliklari.
12-mavzu. O‘zgarmas tok mashinalari tuzilishi va ishlatish sohalari.
O‘zgarmas tok elektr mashinalari afzalliklari va kamchiliklari haqida
tushunchalar.
5-bob
13-mavzu. O‘zgarmas tok motorlarini boshqarish usullari.
O‘zgarmas tok elektr motorlari vali aylanish tezligini reostatli, tiristorli va
boshqa usullar bilan boshqarish.
6-bob
14-mavzu. Sanoat korxonalarida boshqariluvchi elektr motorlarni tatbiq
etish.
Elektr motorlarni boshqarish usullari. Chastota o‘zgartkichli, tiristorli va
boshqa boshqarish usullarini tatbiq etish.
15-mavzu.
|
qo‘llanishi. Elektr mashinasozlik va apparatsozlik sohalarining rivojlanish
|
istiqbollari.Elektr
|
va
|
apparatsozlik, elektr mashinasozlik sohalarining rivojlanishi va istiqbollari
Do'stlaringiz bilan baham: |