Davlat investitsiya siyosati taxlili


Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning mohiyati, ahamiyati


Download 213 Kb.
bet2/10
Sana02.05.2023
Hajmi213 Kb.
#1422839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI TAXLILI

Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning mohiyati, ahamiyati

Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni to’la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Halqaro investitsiyalar – jahon mamlakatlari o’rtasida harakatda bo’lgan investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o’rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo’jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda halqaro investitsiyalarning o’rtacha yillik o’sish sur’ati 30%dan oshadi. Bu ko’rsatkich jahon savdosi o’sishi sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortikdir. Halqaro investitsiyalar o’zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamg’arilgan zahiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo’ladi.
Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo’ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya’ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel investitsiyalarga bo’linadi. Investitsiyalar nimaga yunaltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Xorijiy investitsiyalar ko’shma korxonalarda o’z hissasi bilan qatnashib, xorijiy investorlarga to’lik tegishli bo’lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank to’zish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bo’lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.
Maqsadiga ko’ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel investitsiyalarga bo’linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shaxobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.
BXI borasidagi yana bir yondashuv bu turdagi investitsiyalarni faqat mulkchilik ko’lami bilan, ya’ni aktsionerlik kapitalidagi ulushi bilan bog’liq, deb ko’rsatadi. Unga muvofik BXIlarni:
a) xorijda aktsiyalarni sotib olish orkali;
b) foydani kayta investitsiyalash yordamida;
v) firma ichki qarzlari va qarzdorliklari orkali amalga oshirish mumkin.
BXIlarning shakl va usullariga bog’liq tushunchalar bilan bog’liq turli xil yondashuvlarning ko’payishi kator muammolarni keltirib chikardi. Bu muammolar umumbashariy harakterga ega bo’lib, nostandart yondashuvlar echimini talab etadi.
Bevosita investitsiyalar ikki guruxga bo’linadi:
1. Transkontinental kapital kuyilmalar.
2. Transmilliy kuyilmalar.
Transkontinental kapital kuyilmalar - investitsiya kiritish uchun qulay bozor sharoiti bo’lgan xolda boshqa bir davlat yoki kontinentdan investitsiya eksportini amalga oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab chikarishni tashkil etish.
Transmilliy kapital kuyilmalari asosan qo’shni davlatlarga amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad – bosh kompaniyaga nisbatan kilinadigan kapitalning harakatini minimum darajada amalga oshirish.
Bevosita investitsiyalar ikki maqsadga yunaltiriladi:
1. Yangi kompaniya tashkil etish.
2. Bankrot bo’lgan kompaniyalarni harid qilish.
Portfel investitsiyalar (portfoIio investments) – shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy portfel investitsiyalar barcha halqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni echish uchun murojaat kilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo’limlari mablag’larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o’tkazadilar. Bunday investitsiyalar ko’pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba’zida esa o’z qimmatbaxo qog’ozlarini chikaradi va xorijiy qimmatbaxo qog’ozlarini sotib oladi.
Portfel investitsiyalar kuyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:

  • aktsioner qimmatbaxo qog’ozlari (eguity securities) - bozor muomalasidagi pul hujjati bo’lib, hujjat egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqga egaligini tasdiklaydi;

  • zayom qimmatbaxo qog’ozlar (debt securities) - bozor muomalasidagi pul hujjati bo’lib, zayom egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan munosabatini tasdiklaydi.

Zayom qimmatbaxo qog’ozlari kuyidagi shakllarda chiqariladi:

  • obligatsiya (bond) (oddiy veksel, qarz majburiyati) pulli dastak bo’lib, uning soxibiga kafolatlangan va kat’iy belgilangan pul daromadi yoki shartnoma asosida belgilangan o’zgaruvchan pul daromadini olish huquqini beradi;

  • pul bozori dastaklari - pulli dastak bo’lib, uning soxibiga ma’lum bir davr ichida kafolatlangan va kat’iy belgilangan pul daromadi olish huquqini beradi. Bu dastaklar bozorda pasaytirilgan narxlarda sotiladi, narxni pasaytirish darajasi foiz stavkasining katta–kichikligiga va qarzni koplanish muddatiga bog’liqdir. Bo’larga gazna veksellari, depozit sertifikatlari, bank aptsentlari va boshqalar kiradi.

  • moliyaviy derivatlar (financiaI derivatives) – bozor narxiga ega bo’lgan pulli dastak bo’lib, uning soxibiga birlamchi qimmatbaxo qog’ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bo’larga optsionlar, fyucherslar, varrantlar, svoplar kiradi.

Portfel investitsiyasining bevosita investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki, ular tugatilish vaqtida qimmatbaxo qog’ozlar tezda naqd valyutaga almashtirib olinishi mumkin. Portfel investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi – tavakkalchilik darajasini hisobga olgan xolda xorijiy investor o’z mablag’larini xorijda maksimal foyda keltiruvchi qimmatbaxo qog’ozlarga joylashtirishi mumkin. Ma’lum bir ma’noda portfel investitsiyasi pulni inflyatsiya va spekulyatsiya yo’li bilan foyda ko’rishdan saklash vositasi sifatida karaladi. Bunda investitsiya kilinayotgan soxa ham, qimmatbaxo qog’oz turi ham xech kanday ahamiyatga ega emas, u ustama kurs o’sishiga karab istalgan foydani bersa va devidendlar to’lansa bo’ldi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo’yicha rag’batlantirishni kuchaytirish, kafolat va imtiyozlarni kengaytirish, investitsiya faoliyati uchun qulay muhit shakllantirish zarur. Shunga erishish kerakki, O’zbekiston bozori mamlakatimizda o’z biznesiga ega bo’lishni istagan har bir kishi uchun jozibali bo’lsin»
Investitsiyalarga har qancha talab va taklif bo’lgani bilan, ularni kiritish va foydalanish uchun etarli darajada shart-sharoit yaratilmas ekan, ular o’z mazmuni va maqsadiga erisha olmaydilar. Bu shart-sharoitlar juda keng va chuqur ma’noni o’z ichiga oladi va iqtisodiy adabiyotda “investitsiya iqlimi” tushunchasi bilan yuritiladi.
Investitsiya iqlimi keng ma’noda investor tomonidan barcha muammo, masala va echimlarni o’z ichiga oladigan tushunchadir. Uning ahamiyati shundaki, qaysi boyliklar va resurslar, qaysi yo’nalishlar asosida chet el investitsiyalarini joriy qilish, ish yuritish va ular bilan ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilish imkonini beradi.
Investor, avvalo, investitsiya iqlimini chuqur o’rganmog’i lozim, aks holda u yolg’on firmalar yoki halqaro tovlamachilar makriga uchrab, o’z mablag’laridan ajrab qolishlari ham mumkin. Buning uchun investor maxsus marketing izlanishlari olib boradi yoki ixtisoslashgan maxsus firmalar, tashkilotlar xizmatidan va tavsiyalaridan foydalanadi. Masalan, Germaniyada shunday firmalardan biri “BERI” axborot xizmatidir. Bu firma buyurtma asosida har qanday mamlakatdagi investitsiya iqlimini tahlil qilishi va u haqida axborotnoma ishlab chiqishi, tavsiya berishi mumkin. Firma investitsiya iqlimining umumiy ko’rsatkichini - BERI indeksi deb atalgan. Bu indeksni 45 mamlakat bo’yicha 100 ta mutaxassis har yili uch marta hisoblab chiqadilar va e’lon qiladi. BERI indeksi o’z ichiga 15 ta har xil ulushdagi ko’rsatkichlarni umumlashtirish natijasida olinadi, va aniqlanadi. Bunda 0 balldan (to’g’ri kelmaydi, nomaqbo’l) 4 ballgacha (ma’qul, o’ngay, qulay) baho beriladi.
Investitsiya iqlimini harakterlovchi mezonlar quyidagi 1.2-jadval ko’rsatkichlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jadvalda BERI indeksini, ya’ni investitsiyalash iqlimini asosan shu mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va iqtisodiyotining ahvoli belgilab berar ekan. Ular nafaqat hozirgi, balki kelajakda kutiladigan rivojlanish va o’zgarishlarni ham aks ettiradilar. Masalan, siyosiy barqarorlik o’zida bo’ladigan har xil siyosiy o’zgarishlarni, shu jumladan: ijtimoiy to’qnashuvlarni (zabastovkalar, stachka, ish tashlash va qokazolarni) aks ettiradi. BERI indeksi bilan bir qatorda investorlarning ekspertlari joylarda maxsus uchrashuvlar (tanishish, o’rganish, tadqiq qilish) o’tkazishi ishning yanada puxta bo’lishini ta’minlaydi. Bunda, ular BERI indeksida o’zining aksini topa olmagan ba’zi masalalariga ham e’tibor beradilar.

1.2-jadval


BERI indeksi mezonlari


Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling