Davlat iqtisodiy siyosati
MARKAZIY BANKNING ASOSIY DAROMAD MANBALARI
Download 40.86 Kb.
|
yHIoXj84HmolyPjhPVRNsuq3VPe5zhWQ3yTIiesC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy zaxira (rezerv) talablari
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
MARKAZIY BANKNING ASOSIY DAROMAD MANBALARI
hukumatning oltin va valyuta zahiralarini tasarruf etishdan oladigan foizlar tijorat banklaridan iqtisodiy me’yorlarni buzganligi uchun undiradigan jarimalari tijorat banklari elektron to‘lov tizimidan foydalanganliklari uchun to‘laydigan to‘lovlari va boshqa manbalar tijorat banklariga beriladigan qayta moliyalash hisobidan oladigan foizlar Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofiqlashtirish va inflatsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal zahiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir Majburiy zaxira (rezerv) talablari (inglizcha – “Reserve requirements”) – pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumenti hisoblanib, AQSh Federal Zahira Tizimi (Federal Reserve System) tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish maqsadida 1863 yilda ishlab chiqilgan. Bugungi kunda, dunyoning ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari (AQSh, Shvetsariya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Braziliya va boshqalar) da majburiy zaxira talablari qo‘llanib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ham majburiy zaxira talablari pul massasini tartibga solish hamda mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etishning muhim va ta’sirchan vositasi sifatida amaliyotda qo‘llanilmoqda. Mazkur amaliyot tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga pul mablag‘lari o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. “Tijorat banklarining O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 25 aprelda 3002-son bilan ro‘yxatga olingan), 1-bob: Umumiy qoidalar.
Download 40.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling