Davlat iqtisodiy siyosati


ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA BANKLAR QUYIDAGI MEZONLAR BO


Download 40.86 Kb.
bet7/11
Sana03.06.2024
Hajmi40.86 Kb.
#1841672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yHIoXj84HmolyPjhPVRNsuq3VPe5zhWQ3yTIiesC

ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA BANKLAR QUYIDAGI MEZONLAR BOYICHA TAVSIFLANADI
Huquqiy jihatdan – banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida tasniflanadi. Banklarning kapitalini asosiy ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi, ushbu banklar ochiq aktsiyadorlik yoki yopiq aktsiyadorlik banklari bo‘lishi mumkin.
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan –emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida tasniflanadi
Mulkiy jihatdan – davlat banki, aktsiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni mulkchilik nuqtai nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning ulushi 51 foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi
Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan –universal va ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi.
Universal banklar banklar bajaradigan barcha operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat banklarini keltirish mumkin.
Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va shu tarmoqni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Banklar faoliyati xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari, filiallarining soni, xizmat ko‘rsatish doirasi, kapitalining hajmi nuqtai nazaridan ham tasniflanadi
Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin.
Tijorat banklarining huquqiy mavqeiga ko‘ra guruhlanishi
Xalq banki
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
Ixtisoslashgan tijorat banklari
Sanoat qurilish banki
Agrobank
Tadbirkor banki
Tor ixtisoslashuv darajasi bo`yicha
Investision banklar
Ipoteka banklar
Investitsion kompaniyalar
Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi.
Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va moddiy-texnika ta’minoti sohalarida faoliyat olib boradi.
Agrobank – agrosanoat majmui tarmoqlari va sohalarida faoliyat olib boradi.
Tadbirkor banki – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi.
Xalq banki – mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob-kitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalarni ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki – eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig‘ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi.
TIJORAT BANKLARI TIZIMIDA TOR IXTISOSLASHUVI BO‘YICHA
Investision banklar – maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlarining boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan, davlat va tadbirkorlar) ga taqdim qiladi.
Ipoteka banklar – bu ko‘chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalari. Ipoteka bankining resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.


Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling