Davlat Iqtisodiyot Universititeti ekr 61-guruh talabasi Islomov Azizbekning "Iqtisofiy ta’limotlar tarixi" fanidan tayyorlagan referat


Download 196.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.07.2023
Hajmi196.23 Kb.
#1661121
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
5.2-mavzu




 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent 
Davlat Iqtisodiyot Universititeti
 
EKR 61-guruh talabasi Islomov Azizbekning “Iqtisofiy ta’limotlar tarixi” 
fanidan tayyorlagan referati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 2023 



MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLAR 
Amir Temur vafotidan keyin uning islohotlarini asosan Shohrux 
Mirzo 
(1377–1447) 
va Ulug‘bek (1394–1449) davom ettirdilar. 
Shohrux Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda 
tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, 
hunarmandchilik, dehqonchilik yuqori darajaga ko‘tarila boshladi. 
Jumladan, mahalliy va xorijdan olib kelingan xomashyolardan banoras, 
atlas kabi matolar ishlab chiqarila boshlandi. U mamlakat istiqbolini 
ko‘zlab 
Xitoy 
va 
Hindiston 
hukmdorlari 
bilan 
diplomatik 
munosabatlarni yaxshilashga harakat qildi. Mazkur mamlakat elchilari 
Samarqand 
va 
Xirotda, 
o‘z 
navbatida 
G‘iyosiddin 
Naqqosh 
rahbarligida 
Xitoyda, 
Аbdurazzoq 
Samarqandiy 
boshchiligidagi 
elchilar 
Hindistonda 
bo‘ldilar. 
Аbdurazzoq 
Samarqandiy 
asarida 
Xitoy 
podshohi 
elchilarining 
kelganligi haqida quyidagi maʼlumotlar keltirib oʼtilgan: “Shu orada 
Xitoy viloyatidan, mamlakatlarning Chinu Mochin va boshqa yerlari 
podshohi Doy-Ming xon tarafidan elchilar yetib keldi. (Xoqoni said 
tomonidan): 
“Shahar va bozorlarga ziynat berilsin, har bir sanʼat egasi o
hunarini tola zohir qilib dokonini bezatsin”, — degan humoyun 
farmon sodir boldi. Аmirlar istiqbol rasmi boyicha (shahardan) 
tashqari chiqib elchilarning hammasini izzat-hurmat bilan shaharga 
olib kirdilar. …Hazrat xoqoni said balanddik avjidagi oftob singari 
xurshid 
chehra 
bilan 
saltanat 
taxtiga 
kotarildi. 
Ulug‘ 
amirlar 
elchilarni qol opish sharafiga yetkazib, tortiklarni qoydilar va 
ularning 
sozlarini 
arz 
qildilar”. 
Bu 
davrda 
maydoni 
nisbatan 
kichik 
va 
huquqlari 
cheklangan 
suyurg‘ol yerlari ham boʼlgan. Ular, odatda, ibrat ko‘rsatgan kichik 
lavozimli oddiy lashkarlardan tortib, oliy hukmdorning muntazam 
gvardiyasida xizmat qiluvchi harbiylarga ham berilgan. Bu haqda 
Аbdurazzoq Samarqandiy o‘z asarida atroflicha to‘xtalib o‘tgan88. 
Shuningdek, Ulug‘bek ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivoji yo‘lida bir
qator 
islohotlar
olib 
brogan.
O‘sha
davrda 
muomaladagi 
fulusiy 
chaqa 
pullar 
yengil 
vaznda bo‘lib, savdo 
rivojiga 
to‘sqinlik 
qilgan. Ulug‘bek yengil 
vaznda zarb etilgan 
va
muomalada
yurgan
barcha
chaqa 
pullarni
bekor
qildi.
Eski
ichki
chaqalami 
savdoning 
yangisiga
almashtirib,



mayda
mis
pullarga
bo‘lgan
vaqtning
talabini 
o‘zida 
Termiz, 
qondirish
uchun
bir
Buxoro,
Samarqand,
Qarshi,
Toshkent, Shohruxiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, 
bir xil vazndagi salmoqli fuluslami zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Mis 
pullar 
zarbini 
markazlashtirish 
maqsadida 
boshqa 
shaharlardagi 
zarbxonalarga 
barham 
berildi. 
Faqat 
Buxoro 
zarbxonasi 
(poytaxt 
Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida “fulusi adliya”, ya’ni 
adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar 
mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, 
davlatning ichki savdosini naqdina bilan to‘la ta’minlay boshladi. Ichki 
chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqis-likni fulusning vazni va 
qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoitida nodir va 
favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bunday islohoti 
mamlakatda 
hunarmandchilik 
buyumiarining 
ichki 
chakana 
savdosi 
uchun keng yo‘l ochib berdi. Ulug‘bek tashqi savdodan keladigan 
daromadni oshirish maqsadida “tamg‘a” – savdo bojini birmuncha 
ko‘paytirgan. Bu usul davlat xazinasini boyitishga xizmat qilgan. 
Аmmo xorijlik savdogarlarga har doim ham qulaylik tugʼdirmagan, 
zamonaviy tilda aytganda, proteksionizm siyosati qoʼllanilgan. Hozir 
hammamizga yaxshi tanish ruscha “tamojnya” kalimasi esa aslida 
turkiy boʼlgan “tamg‘a boji” so‘zlaridan olingan. Bu o‘sha paytlar 
mamlakatimizda savdo-sotiq ishlari bag‘oyat rivojlanganidan dalolat 
beradi90. 
Bu 
davrda 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
asoslariga 
alohida 
e’tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi 
tushunishgan. Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, 
navo, chig‘ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‘prik, handoq, 
tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. 
Soliq sohasida iloji boricha me’yorni saqlab, uni yig‘ishning ma’lum 
adolatli usullarini qo‘llanganlar. Masalan, g‘alla g‘aram qilinmasdan 
avval soliq to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib 
olgachgina real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch 
muddatda, 
dehqon 
hosili 
pishishiga 
qarab 
bo‘lingan. 
Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrni boshqari shda, ayniqsa, tashqi 
siyosatda padari buzrukvorining xohish-irodasini bekami ko‘st bajo 
keltirgan. Tashqi va ichki siyosatga daxldor har qanday masalaga u 
bilan maslahatlashib yechim topgan. Tabiiyki, Xitoy temuriylar bilan 
savdo qilishdan manfaatdor bo‘lgan. Bu mamlakatga Movarounnahr 
va Xurosondan yilqi olib borilgan. Ular o‘rtasidagi savdo va elchilik 
aloqalari har qachongidan avj olgan. Har ikki-uch yilda Samarqand-u 
Hirotga 
xitoylik, 
Xonbaliqqa 
(Pekinga) 
esa 
movarounnahrligu 
xurosonlik 
elchilar 
va 
savdogarlar 
qatnab 
turishgan. 
1418-yili 



Shohruxning Аrdasher boshliq elchilari Xitoyda bo‘lishgan. Bunga 
javoban kelasi yili Li Di va Jong Ku Xitoydan Samarqand va Hirotga 
elchi sifatida kelishgan. Ular Shohrux va Ulug‘bekka o‘zaro do‘stlik 
rishtalarini mustahkamlashga doir takliflar bitilgan maktublarni va 
katta 
sovg‘a-salomlarni 
topshirishgan. 
1420-yili 
Shohrux 
va 
Ulug‘bek tomonidan 530 kishidan iborat elchilik karvoni Xitoyga 
jo‘natilgan. 




Download 196.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling