I S T I Q L O L B A Y R A M I .
Musiqa xonasi bayramona bezatilgan . Respublika prezidenti I. A . Karimovning
Xorijiy mamlakat elchilari, mahalla ahli , yozuvchilar ,ishchilar , dehqonlar , talabalari
bilan uchrashuvlari aks etgan foto- rasmlar terib qo’yiladi .Zal to’riga O’zbekiston bay-
rog’i , gerbi o’rnatilgan . Davlat madhiyasining matni va notaga tushirilgan musiqasi bo-
silgan plakat xam o’ziga munosib o’ringa joylashtirilgan .
“ O’zbekiston “ musikasi sadosi ostida bolalar qo’llarida gullar va bayroqchalar
bilan zalga kirib keladilar .
Sng “ O’zbekiston Davlat Madhiyasi “ yangraydi .
Jarchi : Odamlaru, odamlar ! Bog’da bitgan bodomlar !
Eshitmadim , demanglar ! Eshitganlar, jilmanglar !
Bugun yurtda tantana ! Juda zo’r shodiyona ! Exe..xe..xeye…
Boshlovchi : Assalomu alaykum hurmatli mexmonlar , aziz bolajonlar !
Bugun mustaqillik bayramimizni nishonlash uchun yig’ilganmiz . Bu bay-
ramni tinch – totuv yashayotgan xalkimiz zo’r hursandchilik bilan kutib olish-
yapti. Xalkimiz mehnatlari bilan Respublikamiznining gullab yashnashida,
ravnaq topishida o’z hissalarini qo’shmokdalar .
Bola : Qanday go’zal yurtimning , chamanzor bog’i .
Bizday kichkintoylarga ochiq quchog’i .
Bola : Biz esa shu gullarning toza gulimiz .
Quyosh sochar nur shu’la , porloq yuzimiz .
Bola : Yayraymiz biz chamanda , erkin qush misol .
Mustaqillik quyoshi berdi baxt – iqbol .
Bolalar “Bu senga Vatan “ qo’shigini ijro etib beradilar .
So’ng “ Bog’ ichida gul ochilibdi “ raqsiga qizlar o’yinga tushib beradilar .
Bola : Onamdek ardoqli , azizsan Vatan .
Sen menga qadrdon , tug’ilgan makon .
Men seni avaylab , asrayman xar choq .
Vijdonimdek toza , tushirmasdan dog’.
Do'stlaringiz bilan baham: |