Bolalar “ Shodiyona “ fonogramma musiqa sadosi ostida raqs ijro etib beradilar.
Boshlovchi : Uzbekiston xalqi Vatanini juda sevadi . Bu tug’rida juda ko’p xikmat-
li so’zlar yozishgan . Qani bolalar Vatanimiz xaqida qanday xikmatli so’z-
larni bilasiz ?
Bola : Sevgan Vatanim xuddi tukqan onamdek .
Bola : Begona yurtda – bahor xam go’zal emas .
Bola : Kishi Vatansiz , bulbul qo’shiqsizdek .
--- 1 ---
Bola : Yashash – Vatanga xizmat qilish .
Bolalar “ Xorzmcha “ raqsga tushib beradilar .
Eshikdan yelkasida xurjun, qo’lida childirma bilan Afandi kirib keladi va to’g’riga o’tib, befarq ketaveradi .
Boshlovchi : - Hoy , hoy afandim to’xtang !
Afandi : Ha , bir oz sayr qilgani chiqqan edim , bolalarning ovozini eshitib
Shu yoqqa burildim . Bu yerda nima bo’lyapti o’zi ?
Boshlovchi : Assalomu alaykum . Xush kelibsiz , afandim ! Bu yerda katta shodiyona
bo’lyapti . Vatanimizning Mukstaqillik to’yini nishonlayapmiz . Marhamat
o’tiring ,mehmonimiz bo’ling . Bizlar esa baxtli bolalikni kuylab , Vata-
nimizni sharaflaymiz .
Bola : Mehmon qilar bobo – dehqon ,
Saxro cho’llar bog’u – bo’ston ,
Ana shunday gul – guliston ,
Mening yurtim O’zbekiston .
Bolalar “ Rang-barang gullar “ qo’shiq raqsini ijro etib beradilar .
Bola : Tamg’amizga bir qarang , tovlanadi rang- barang .
Unga beradi chiroy tepasida xilol oy .
Bir tomoni paxtazor quyosh nurin sochadi
Amu daryo Sir daryo chanqog’ingiz bosadi .
O’rtasida Xumo qush bizga omad tilaydi
O’zbekiston nomini jahon uzra taraydi .
Bola : Bayrog’imizga qarang yashil , oq va havo rang
Mustaqillikni yoqlab turibdi u xilpirab .
Yulduzlar va yangi oy bayroqqa berib chiroy
Osmon uzra yaltirar uzoqlardan ko’rinar .
Bola : Prezidentim mening yo’lboshchim mening
Zaxmatkashim mening panohim mening.
Oqilim , vazminim , shururim mening
Kelajakkaka yo’l ochgan yulboshchim mening .
Do'stlaringiz bilan baham: |