Bolalar “ Xurmacha bog’i “ o’yinini o’ynab beradilar .
Boshlovchi : Judayam ham qiziq o’yin ekan .Sayrga chiqqanimizda yana o’ynaymiz .
Afandi : Undan keyinchi , bolalar, Farg’onaga o’tdim . Uyerdagi bolalar juda
askiya aytishuviga usta ekanlar .Mana o’zingiz eshiting !
1 Askiyachi : Shodon quvnoq bolaman , askiyaga ustaman .
Jilmayganim jilmaygan, kimga yoqar tumsaygan .
2 Askiyachi : Kep qolingu, kep qoling , askiya tinglab qoling .
--- 3 ---
Askiyani tinglab siz , so’ng kulib , qotib qoling .
3 Askiyachi : Osmonni kaliti bo’lmaydi , xovuzni qopqog’i bo’lmaydi .
Maymunni shimi bo’lmaydi , odamni dumi bo’lmaydi .
4 Askiyachi : O’zbekning o’zi qiziq , o’zidan so’zi qiziq .
1 Askiyachi : Bog’chadan uyga kelib oyijon nima taom tayyorladingiz , desangiz,
“ qaynatma” deyishadi ./ kulishadi /
2 Askiyachi : Ha ,” qaynatma “ deyishadi-yu qaynatib qo’yishadi . /kulishadi /
3 Askiyachi : “ Dimlama “deyishadi-yu dimlab qo’yishadi ./ kulishadi /
4 Askiyachi : “ Qovurma “ deyishadi-yu qovurib qo’yishadi . / kulishadi /
Boshlovchi : Ha , ana , askiya tinglab kulishib ham oldik .
Afandi : Undan keyin Andijonga o’tdim . Andijonlik bolalar-chi , yalla
va laparlar aytishga juda usta ekanlar .
Bolalar “ Qoshingni qaro deydilar “ laparini aytib beradilar .
Boshlovchi : Sizga qiziqarli suhbatingiz uchun katta raxmat afandim .
Afandi : Aziz bolajonlar Mustaqil Respublikamizning ravnaq topishi
odobli xulqingiz , aqlu kamolingiz , bilim olish yo’lida intilishingiz
bilan bog’liqdir . Mustaqil O’zbekistonning haqiqiy egalari sizsiz ,
unga munosib farzand bo’lingiz .
Ozod Vatanning , ozod farzandi .
Bilib qo’yki , seni Vatan kutadi .
/Shu payt paq etgan tovush eshitilib xona burchagidagi xum orqasidan jin chiqib keladi ./
Do'stlaringiz bilan baham: |