Davlat Iqtisodiyot Universititeti ekr 61-guruh talabasi Islomov Azizbekning "Iqtisofiy ta’limotlar tarixi" fanidan tayyorlagan referat
MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLAR
Download 227.84 Kb. Pdf ko'rish
|
5.1-5.2
MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLAR
Amir Temur vafotidan keyin uning islohotlarini asosan Shohrux Mirzo (1377–1447) va Ulug‘bek (1394–1449) davom ettirdilar. Shohrux Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, hunarmandchilik, dehqonchilik yuqori darajaga ko‘tarila boshladi. Jumladan, mahalliy va xorijdan olib kelingan xomashyolardan banoras, atlas kabi matolar ishlab chiqarila boshlandi. U mamlakat istiqbolini ko‘zlab Xitoy va Hindiston hukmdorlari bilan diplomatik munosabatlarni yaxshilashga harakat qildi. Mazkur mamlakat elchilari Samarqand va Xirotda, o‘z navbatida G‘iyosiddin Naqqosh rahbarligida Xitoyda, Аbdurazzoq Samarqandiy boshchiligidagi elchilar Hindistonda bo‘ldilar. Аbdurazzoq Samarqandiy asarida Xitoy podshohi elchilarining kelganligi haqida quyidagi maʼlumotlar keltirib oʼtilgan: “Shu orada Xitoy viloyatidan, mamlakatlarning Chinu Mochin va boshqa yerlari podshohi Doy-Ming xon tarafidan elchilar yetib keldi. (Xoqoni said tomonidan): “Shahar va bozorlarga ziynat berilsin, har bir sanʼat egasi o‘z hunarini to‘la zohir qilib do‘konini bezatsin”, — degan humoyun farmon sodir bo‘ldi. Аmirlar istiqbol rasmi bo‘yicha (shahardan) tashqari chiqib elchilarning hammasini izzat-hurmat bilan shaharga olib kirdilar. …Hazrat xoqoni said balanddik avjidagi oftob singari xurshid chehra bilan saltanat taxtiga ko‘tarildi. Ulug‘ amirlar elchilarni qo‘l o‘pish sharafiga yetkazib, tortiklarni qo‘ydilar va ularning so‘zlarini arz qildilar”. Bu davrda maydoni nisbatan kichik va huquqlari cheklangan suyurg‘ol yerlari ham boʼlgan. Ular, odatda, ibrat ko‘rsatgan kichik lavozimli oddiy lashkarlardan tortib, oliy hukmdorning muntazam gvardiyasida xizmat qiluvchi harbiylarga ham berilgan. Bu haqda Аbdurazzoq Samarqandiy o‘z asarida atroflicha to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, Download 227.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling