Davlat Iqtisodiyot Universititeti ekr 61-guruh talabasi Islomov Azizbekning "Iqtisofiy ta’limotlar tarixi" fanidan tayyorlagan referat


Download 227.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.03.2023
Hajmi227.84 Kb.
#1294414
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
5.1-5.2

Xulosa: 
Xulosa 
o‘rnida 
shuni 
aytish 
mumkinki, 
XV–XVI-asrlarga 
iqtisodiy-siyosiy jihatdan barqarorlashgan o‘ziga xos davr sifatida 
qaraladi. Аmir Temur va temuriylar zamonida ijtimoiy-iqtisodiy 
farovonlikni oshirish yo‘lidagi olib borilgan islohotlar davlat siyosati 
darajasidagi ustuvor vazifalardan biri qilib belgilangan. Bu tarixiy 
manbalarda ham yaqqol ifodasini aksini topgan. 
 
Shubhаsiz hunаrmаndchilikning yuksаlishi ko‘p jihаtdаn ichki vа
tаshqi sаvdоning rivojlanishiga turtki bo‘lgan. Buyuk Sohibqironning 
eng muhim fazilatlaridan biri shuki, ul zot bundan olti asr avvaloq
davlatlararo o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin 
xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash o‘z
saltanati yorqin istiqbolini ta’minlashning muhim omili ekanini teran 
anglagan. Shu sababli u Yevropa va Osiyoni bog‘lashga xizmat qilgan ulkan 
ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, bir tomondan – 
Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar 
o‘rnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan. Yuqorida 
qayd 
etilgan ma’lumotlardan mulohaza qilish mumkinki, ushbu islohotlar 
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, barqaror ravishda 
rivojlanishda davom etmoqda. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda 
o‘ziga xos milliy iqtisodiy tafakkurimizni yana ham rivoj topishida 
poydevor vazifasini o‘tamoqda.
Aytish 
joizki, 
Erondagi 
Sultoniya 
shahrining 
arxiepiskopi 
Jan 
(Ioann; ayrim nashrlarda Ioann de Galonifontibus deb ham aytiladi). 
Sohibqironning elchisi bo‘lgan, uning “Amir Temur va uning saroyi 
haqida xotiralar” (Memoires sur Tamerlan et sa cour) asarining 
“Temurbeyning saltanati va shaharlaridagi tartib-qoidalar xususida” 
deb nomlangan bobida, savdo munosabatlari borasida quyidagilarni 
e‘tirof etadi:” U o‘z fuqarolariga bir qancha soliq va to‘lovlar joriy 
etgan bo‘lsa-da, ajnabiy tujjorlarga katta e’tibor ko‘rsatadi va ularni, 
ayniqsa, faranglar va nasoralarni rag‘batlantiradi, saltanati hududida 
ularning xavfsizliklarini ta’minlaydi. U ko‘p maskanlarda olinadigan 
jon va tuz soliqlarini bekor qildi va bu soliqlar faqat yirik shaharlarda 
olinsin, deb farmon berdi. U saltanatining barcha hududlarida tujjorlar 
hayotiga 
xavf 
soladiganlarga 
shafqatsiz 
jazo 
tayinladi: 
tujjorlarni 
talagan o‘lka ahli unga (tujjorga) talangan mol qimmatini ikki barobar 
qilib qaytaradi yoxud saltanat xazinasiga tujjor yo‘qotgan mol-mulk 
qimmatining besh barobari miqdorida jarima to‘laydi”

Download 227.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling