Referati mavzu: O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar reja


Download 15.3 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.3 Kb.
#1497810
TuriReferat
Bog'liq
Ra\'no


Chilonzor 195 maktab
8-"E" sinf o‘quvchisi
Abdug‘aniyeva Ra'noning

REFERATI


MAVZU: O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY ALOQALAR
Reja:


1. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy-geografik xususiyatlari.
2. O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
3. O`zbekiston qo`shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizm.

Mustaqil O`zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi.


Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo`lga qo`yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada katta imkoniyatlar mavjud.
O`zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko`hna karvon yili-Buyuk ipak yo`lida joylashib, tashqi dunyo (G`arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo`nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo`l ochildi. Endilikda O`zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qodir.
Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, bojxona qo`mitasi tuzildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko`maklashish kabi yo`nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo`lga qo`yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo`lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida"gi va boshqa bir qator qonun va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O`zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko`pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi aloqalar ham ko`p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko`lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo`shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo`lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag`i ishtirokida tuzilgan qo`shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Ular orasida dunyoga tanilgan "Samsung", "DEU", "Nyumont-Mayning", "Filips" va boshqalar samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig`i bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi.
O`zbekistonning xorijiy kompaniya va firmalar bilan hamkorligi, ularning hududimizda to`la faoliyat ko`rsatib ishlashiga kafolat berilganligi tashqi savdoga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shunday qilib, mamlakatimiz tashqi aloqasi, savdo geografiyasi juda kengayib bormoqda. O`zbekiston barcha qit`alarda joylashgan davlatlar bilan keng qamrovli savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdoda Yevropa-66,3, Osiyo-28,0, Amerika qit`asi-5,4, Afrika-0,1, Avstraliya va Okeaniya-0,2 foizni egallaydi. Keyingi yillarda O`zbekiston tashqi savdo aylanmasida MDH va xorijiy mamlakatlar hissasida birmuncha o`zgarishlar sodir bo`ldi.
Agar 1994 yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH davlatlari hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 34,6 foizga teng bo`ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog`i esa 1994-2004 yillarda mos ravishda 42 foizdan 65,4 foizga o`sdi.
Download 15.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling