Davlat iqtisodiyot
Download 51.36 Kb.
|
Nazarova G mo-53
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoy ichidagi Retail AliExpressning ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlarga qarshi o‘laroq, guruhning 74 foiz daromadi asosiy segment – ichki savdoga to‘g‘ri keladi. TaoBao
Asosiy ko‘rsatkichlar
Kompaniya qiymati 460 mlrd AQSh dollariga teng. Bir yil avval bu ko‘rsatkich bir yarim marta kam bo‘lgan. Ulkan miqdor. 2017 yil uchun foyda 55 foizlik ko‘rsatkich bilan 34 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. Kompaniya asosi — ecommerce (elektron tijorat)-loyihalar. Ular foydaning 86 foizini tashkil qiladi. Serdaromad va boshqa tashabbuslarni moliyalashtiradi. Xitoy ichidagi Retail AliExpressning ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlarga qarshi o‘laroq, guruhning 74 foiz daromadi asosiy segment – ichki savdoga to‘g‘ri keladi. TaoBao Bu mahsulot marketpleysi, ya'ni bozori bo‘lib, unda mayda olib-sotarlar ham, yirik brendlar ham savdo qiladi. Price comparison, ya'ni arzon iPhone ni topish uchun narxlarni taqqoslashda foydalaniladigan «Yandeks.Market»dan farqli ravishda , TaoBaodagi kiyim-kechakning faqat narxi solishtirilmaydi. Shuningdek, do‘kon saytiga o‘tish ham yo‘q, savdo TaoBaoning o‘zida amalga oshiriladi. 2003 yilda ishga tushirilib, ikki yil ichida raqobatchilari ustidan g‘oliblikka erishdi. Sotib olingan eBay EachNet ham bundan mustasno emas. Tekin listinglar va sotuvchilar bilan chat, Alipay orqali xavfsiz to‘lov kabi funksiyalar hisobiga ana shunday natijaga erishildi. Daromad listinglar hozir ham bepul, servis ichida sotuvchilar reklamasi, reytingda yuqori o‘rinlarga ko‘tarish va boshqa funksiyalar hisobiga topiladi. 2008 yilda Baidu qidiruv tizimi orqali indekslanishni butunlay yopib, xarid (shopping) uchun boshlang‘ich nuqtaga aylandi. Bu muhim, oxir-oqibat aynan TaoBao o‘z foydalanuvchilariga o‘zi ega bo‘ldi. Hozirda Alibaba Groupning reklamadan keladigan daromadi Baiduga qaraganda ko‘proq. Boshlang‘ich davrda foydalanilgan mahsulotlar uchun katta bo‘lmagan bo‘lim mavjud bo‘lib, unda sotuvchi masalan, o‘zining eski bolalar aravasini sotardi. 2015 yilda esa buning uchun alohida “Idle Fish” loyihasi ishga tushirildi. Tmall 2010 yilda TaoBaoning eng yaxshi va yirik sotuvchilarini alohida loyihaga ajratishdi. Turli chiqindilarni olib-sotarlardan himoya qilish uchun 5000 AQSh dollari qiymatidagi himoya yig‘imlari va 15 ming AQSh dollari qiymatidagi depozit o‘rnatildi. Foydalanuvchi uchun bu mahsulot yoki xizmat bilan hech qanday muammo yuzaga kelmasligini anglatadi. Mazmunga ko‘ra bu yerda brendlar, jumladan obro‘ga ega xorij kompaniyalari va rasmiy resellerlar (olib-sotarlar)ning mahsulotlari sotiladi. Bundan tashqari, TaoBaodan farqli ravishda, Tmall komissiyadan ham daromad ko‘rmoqda. Download 51.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling