Davlat-jamiyat mavjud bo'lishining bir shakli sifatida


Download 16.79 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi16.79 Kb.
#1049410
Bog'liq
DAVLAT-JAMIYAT MAVJUD BO\'LISHINING BIR SHAKLI SIFATIDA


DAVLAT-JAMIYAT MAVJUD BO'LISHINING BIR SHAKLI SIFATIDA

Davlat va huquq nazariyasida davlatning mohiyati masalasi markaziy o‘rinni egallaydi. Binobarin, fanning boshqa barcha muammolarini hal etish «davlat nima» degan savolga beriladigan javobning ma’nosiga bog‘liq. Davlat masalasi eng murakkab, eng qiyin muammo bo‘lganligi bois insoniyatning aqlpeshalari bu to‘g‘rida xilma-xil va serqirra fikrlar bildirganlar. Davlatshunos olimlardan biri A. Parshin shunday deb yozgan edi: «Davlatning tabiatini va mohiyatini teran va har tomonlama anglamay turib, davlatni oqilona va malakali boshqarib bo‘lmaydi»1 . Falsafa kategoriyalaridan biri bo‘lmish mohiyat – narsa, hodisa, buyum va jarayonlarning muhim, asosiy, zaruriy, barqaror jihatlarini, ichki aloqalarini, o‘zaro munosabatlarini, qonuniyatlarini ifodalovchi belgilarining yig‘indisidir. Davlatning mohiyati borasida izlanganda, uning muhim belgilarini, barcha jihatlarini tavsiflovchi xususiyatlarini, faoliyati va namoyon bo‘lish qonuniyatlarini ochishga intilamiz. Davlatning mohiyati uning ijtimoiy hayotda bajaradigan vazifasini (ijtimoiy munosabatlarni boshqarish, ularni tartibga solish va boshqa muhim vazifalarini) aniqlashni ham qamrab oladi. Davlat murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lganligi bois, uning mohiyati va ta’rifi xususida qadimdan turli-tuman mulohazalar bildirib kelinadi. Jumladan, davlatning mohiyati haqidagi dastlabki tasavvur va qarashlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi – «Avesto»da ham bayon etilgan. «Davlatmi? U nima o‘zi?», – deydi Zardusht va o‘zi javob beradi: «Sovuq maxluqlar ichida hammadan ham sovuqrog‘i davlat deb ataladi. U sovuq yolg‘onlar to‘qiydi. Uning nomidan «Men davlatman, ya’ni xalqman» degan yolg‘on o‘rmalab yuradi»2 . Qadimgi rim faylasufi va siyosiy arbobi Mark Tulliy Sitseron (mil.av. 106–43-y.y.) «davlat nima» degan savolga javob izlab, shunday deb yozgan: «Davlat – bu umumiy huquqiy tartibotdir; davlat – bu xalq ishi, faoliyati, xalqqa taalluqli ishdir». Davlat haqida umumiy ta’limot balki ko‘pchilik aholining huquq masalalaridagi o‘zaro kelishuvi va manfaatlar umumiyligi asosidagi birlashuvini tushungan1 . Uyg‘onish davrining buyuk donishmandi N. Makiavelli davlat timsolida jamiyatning siyosiy holatini ko‘rgan. U o‘zining «Hukmdor» nomli asarida «insonlar ustidan hukmronlik qilgan va hukmronlik qiluvchi barcha davlatlar mohiyatan yo respublika, yoki tanho boshqariluvchi tuzilmalar bo‘lgan»2 , – deb yozgan edi. Bu o‘rinda davlat hokimiyatni amalga oshirish vositasi ekanligiga urg‘u berilgan. Davlatning mohiyatini anglashda «hokimiyat», aniqrog‘i «siyosiy hokimiyat» hodisasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, siyosiy yoki davlat hokimiyati ijtimoiy hokimiyatning yagona turi emas. Hokimiyat kishilarning muayyan maqsad yo‘lida uyushgan va barqaror xususiyatga ega bo‘lgan jamoasiga xosdir. Hokimiyat – kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan buyon mavjud va hozirgacha o‘zining qudratli «joziba»si bilan insonlar aqlini tortib kelayotgan nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Bugungi kunda aksariyat olimlar e’tirof etgan nuqtayi nazarga ko‘ra, hokimiyat – muayyan shaxs (guruh)ning u yoki bu kishi (guruh) ustidan boshqaruvni amalga oshirish (hukmronlik qilish), u yoki bu narsaning taqdirini hal etish huquq-imkoniyatidir. Hokimiyatning muhim sifati uning kishilar o‘rtasidagi irodaviy munosabat ekanligida ifodalanadi. Hokimiyat bu shunday ijtimoiy irodaviy munosabatki, bunda hukmron irodaning ustunligi, belgilovchi roli ta’minlanadi3 . Hokimiyat amalga oshgan joyda muayyan irodaviy akt (munosabat) bor va shuning natijasida ro‘y beradigan boshqaruv va boshqarilish mavjud. Boshqaruv esa o‘ziga nisbatan ma’lum bo‘ysunishni, tobelikni talab etadi. Demak, hokimiyat bo‘ysunish va zarur bo‘lganda majburlash elementlari orqali amalga oshiriladi. Ma’lum obro‘ (avtoritet) va bo‘ysunishsiz boshqarish mumkin emas. Avtoritet (hokimiyat vakolatlari tufayli erishiladigan mavqe) itoat etuvchilarga hukmron irodaning o‘tkazilishidir. Ikkinchi tomondan, avtoritet itoat etilishini nazarda tutadi4 . Hukmronlikka erishishda majburlash, zo‘rlik ishlatish, ishontirish, rag‘batlantirish, tarbiya kabi turli usul va vositalardan foydalaniladi. Hokimiyatning alohida ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan turi davlat hokimiyatidir. Davlat hokimiyati ommaviy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lib, asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatni uyushtirish va boshqarishdan iborat. Davlat va huquq nazariyasi U muayyan tashkiliy shakllarda namoyon bo‘ladi, maxsus usullar va vositalar bilan amalga oshiriladi. Hozirgi zamon demokratik jamiyatlarida davlat hokimiyati huquq vositasida, konstitutsiya tarzidagi qonunlarda institutsional ko‘rinishda rasmiylashtiriladi. Hokimiyat har qanday ijtimoiy birlikning faoliyat ko‘rsatish sharti (vositasi)dir. Bunda hokimiyat ushbu hamjamiyatga mansub shaxslarning undagi yagona rahbariy irodaga bo‘ysinuvi munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Bayon qilingan mulohazalar asosida hokimiyatning quyidagi ta’rifini taklif etish mumkin. Hokimiyat – ijtimoiy hayotning tegishli darajasi va tabiatiga mutanosib bo‘lgan har qanday ijtimoiy jamoaning faoliyat ko‘rsatish usuli (vositasi) bo‘lib, u ayrim shaxslar va ular birlashmasining hamjamiyatdagi yagona rahbariy irodaga itoat etishi munosabatlari tarzida ifodalanadi1 . Adabiyotlarda siyosiy hokimiyat bilan davlat hokimiyatining bir-biridan farq qilishini isbotlovchi fikrlar mavjud. Ushbu bahsga berilmagan holda quyidagi umumiy ta’rifni bayon etamiz. Demak, siyosiy yoki davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning shunday turiki, bunda boshqaruv bevosita davlat tomonidan, yoki u vakolat bergan subyektlar tomonidan, uning nomidan, uning topshirig‘iga binoan va uning qo‘llab-quvvatlashi asosida amalga oshiriladi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat (ya’ni, davlat hokimiyati) – birinchidan, muayyan hududga nisbatan joriy etiladi; ikkinchidan, tegishli hududda joylashgan va shu yerda yashaydigan aholiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi; uchinchidan, maxsus apparat vositasida amalga oshiriladi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyati suverenitetga ega bo‘lib, u jamiyatning boshqa ijtimoiy guruhlari (siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy harakatlar, uyushmalar va h.k.) dan to‘la mustaqildir; beshinchidan, butun jamiyat nomidan ish yuritadi va boshqaradi.

Davlat va huquq tarix sahnasiga kelgan davrdan boshlab, davlatning mohiyati haqidagi g‘oyalar vujudga keldi. Xo‘sh, davlat nima degani? Maxsus ijtimoiy-gumanitar, siyosiy, falsafiy, yuridik bilimga ega bo‘lmagan odam «davlat» deganda alohida davlat organlarining nomini, «parlament», «hukumat», «prezident» kabilarni tasavvur etadi. Yana savol tug‘iladi: davlat o‘zi nima uchun zarur? Juda ko‘p sonli davlat organlari, mansabdor shaxslardan iborat ulkan apparat davlat tuzilmasi bo‘lib, nihoyatda murakkab tashkiliy birlik – kishilik jamiyatini boshqarish uchun zarurdir. Sanoat kapitalizmi davrida «davlat – kishilar ittifoqi, hudud va hokimiyat kabi uch tarkibning uyg‘unlashuvi mahsuli», degan ta’riflar keng tarqaldi.. Uning fikricha davlat: 1) insonlar (individlar) jamoasi; 2) muayyan hudud; 3) suveren hokimiyat; 4) hukumatdan tashkil topgan1 . G.F. Shershenevich muayyan hududda o‘troq hayot kechiruvchi va yagona hokimiyatga itoat etuvchi kishilar ittifoqini davlat deb ataydi2 .

«Davlat, – deydi mashhur rus olimi N.M. Korkunov, – erkin kishilarning ijtimoiy ittifoqi bo‘lib, muayyan vakolatlar (majburlov) yordamida ta’minlanadigan osoyishta tartibotdir»3 . Shunga o‘xshash fikr G. Grotsiy asarlarida ham uchraydi. U davlatni «huquqqa rioya etish va umummanfaati yo‘lida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi»4 , deb ta’riflaydi. J. Lokkning talqinida: «davlat demokratiya yoki boshqaruvning u yoki bu shakli emas, balki lotincha «civitas» so‘zi bilan ifodalanadigan har qanday mustaqil uyushmadir, ushbu so‘zga «davlat» («commbwealth») so‘zi mos keladi»5 . Nemis falsafasining yorqin namoyandasi Immanuil Kant ham davlatning mohiyati borasida tahlil yuritib, shunday deb yozadi: «Davlat o‘zi joylashgan yerning xuddi o‘zidek mulk emas, balki kishilarning o‘zi xo‘jayinlik qilib, o‘zini o‘zi boshqaradigan jamiyatdir»6 .

Mutafakkir boshqa bir asarida «Davlat huquqiy qonunlar himoyasida bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning birlashmasidir»7 , deydi. Davlatning mohiyatini tushunish bobida fransuz mutafakkir Jan Boden o‘z o‘tmishdoshlari va zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketdi. U davlatni «suveren hokimiyat orqali ko‘plab oilalar va ularga tegishli narsalar ustidan adolatli hukmronlik vositasi» sifatida tushunishni ilgari suradi. Davlat, – deydi J. Boden – suveren hokimiyatning odamlar ustidan amalga oshiradigan rahbarligidir. Uning ta’biricha, suverenitet davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir. Suverenitet g‘oyasini T. Gobbs ham yoqlab chiqadi. Uning talqini quyidagicha: «Odamlarni qo‘rquvda ushlab, ular harakatini ezgulikka yo‘naltirishga faqat barcha imtiyoz va kuchlarni bir odam yoki bir necha kishilik jamoa izmida jamlash orqaligina erishish mumkin.


Agar ko‘pchilik odamlarning birlashuvi (va boshqarilishi) shu tariqa ro‘y bersa, bu davlat deb ataladi. «Suverenitetning sohibi aynan davlatning o‘zidir, uning zimmasiga tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash yuklatiladi»8 . 1 Дюги

Davlat va huquq nazariyasi Rossiyalik davlatshunos olim F. Kokoshkin davlat hokimiyatining majburlovga tayanganligini inkor etib, quyidagi mulohazani bildiradi: «Davlat ma’lum toifa insonlarning jamoasi emas, balki kishilar o‘rtasidagi munosabatdir, ularning umumiy turmush kechirish shakli, ular o‘rtasidagi muayyan ruhiy aloqadorlikdir»1 .


Davlat va uning mohiyati masalasiga Ivan Ilinning qarashlari ham g‘oyat qiziqarli. «Uzoq tajriba, og‘ir mashaqqatlardan aziyat chekkan insoniyat uyushgan majburlov tartibidan tashqaridagi hayotni sinab ko‘rib, o‘rta asrlarning xususiy huquqiy tizimi va ijtimoiy-huquqiy besaranjomliklarini boshdan kechirib, insoniyat nihoyat endilikda erkin va ixtiyoriy ittifoqqa asoslangan hayotni yakka hukmronlikka, majburlovga tayangan davlatdagi hayot bilan birga qo‘shish mumkinligiga ishonch hosil qildi.

Davlatning majburlov kuchi va uning serqirra va xilma-xil faoliyati to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirda, insonning erkin ma’naviy hayotiga tazyiq o‘tkazmay, balki uning uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi»2 . Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin: «Davlat – huquq asosida uyushgan, yagona hudud ustidan hukmronlik qilish va yagona hokimiyatga bo‘ysunish asosida birlashgan odamlarning umumiy ittifoqidir»3 . «Davlat» iborasining to‘la ma’nosi quyidagi ijtimoiy hodisalarning uyg‘unligi va bir butunligida namoyon bo‘ladi: a) hokimiyat va bo‘ysunish munosabatlarining mavjudligi; b) hokimiyat majburlov choralarini qo‘llashda tanho (suveren) huquqqa ega bo‘lishi; v) yuridik mazmun va tartibning mavjudligi; g) boshqaruv va u tufayli nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi; d) tashkiliy uyushganlik
Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling