1.
|
Geografik obyektlar nomlari ekspertizasi boʻlimi ishiga rahbarlik qilish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Geografik obyektlar nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va axborotlarni qonunga rioya qilgan holda yig‘ishni tashkil qilish, ma’lumotlarning tahlili va umumlashtirilishini nazorat qilish.
Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ro‘yxatiga olinadigan nomlarni normallashtirish.
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish va tegishli manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ekspert xulosalarini berish.
Davlat reyestri ma’lumotlar bazasidagi nomlarning monitoringini yuritish, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning aniqlanishiga qarab aktuallashtirish va to‘ldirib borilishini nazorat qilish.
Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasiga administratorlik qilish: hisobotlar olish, qarorlarni yangi kiritish, o‘zgartirish, yangi obyekt turlarini kiritish.
Geografik obyektlar nomlarini normallashtirish ishlarida foydalanish uchun qo‘llanma va yo‘riqnomalar ishlab chiqishda ishtirok etish.
Geografik obyektlar nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini, vaziyatdan kelib chiqib rasmiy xatlar, telefon orqali murojaat qilish yo‘llari bilan amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasidagi axborotni manfaatdor foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish.
Xizmat tomonidan amalga oshirilgan ishlarning oylik, chorak va yillik hisobotlarini ko‘rsatilgan muddatlarda tayyorlash va agemtlikka taqdim etilishini ta’minlash.
|
|