|
Jamlangan geografik obyektlar nomlarini va ularga oid ma’lumotlarni belgilangan tartibda Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasiga kiritib borish;
Rasmiy kartografiya va ma’lumotnoma nashrlari, statistika, arxiv, tarixiy va boshqa manbalar ma’lumotlari asosida geografik obyektlar nomlarini yig‘ish va joyga mos kelishini tekshirish;
geografik obyektlar nomlari haqidagi ma’lumotlarning qonunga rioya qilingan holda jamlanganligini nazorat qilish;
Hududiy komissiyalar tomonidan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan taqdim qilingan geografik obyekt nomlarini kartografik ekspertizadan oʻtkazish;
Davlat reyestri ma’lumotlar bazasidagi nomlarning monitoringini yuritish, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning aniqlanishiga qarab aktuallashtirish va to‘ldirib borish;
geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish va tegishli manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ekspert xulosalarini berish;
geografik obyektlar nomlarini normallashtirish ishlarida foydalanish uchun qo‘llanma va yo‘riqnomalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
geografik obyektlar nomlari bo‘yicha belgilangan muddat va tartibda hisobot ma’lumotlarini tuzish va taqdim etish;
Boʻlim boshlig‘i tomonidan shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa ishlar va tadbirlarda faol ishtirok etish.
|
Boʻlim boshlig‘i
Kamolova.D.N.
Yetakchi mutaxassis
Xudoyberdiyev D.X.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
|