Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish
-Rasm, O’zbekiston xorijiy davlatlardan qarzi
Download 110.09 Kb.
|
ELZODA 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Rasm, O’zbekiston davlat qarzining umumiy summasi. Mlrd. AQSH dollar
1-Rasm, O’zbekiston xorijiy davlatlardan qarzi.
O’zbekiston qarzdor bo’lgan davlatlar keyingi o’rinlarda, mos ravishda quyidagicha joylashgan: Fransiya - 27 million AQSh dollaridan 573,1 million AQSh dollariga (21 barobar) o’sgan; Janubiy Koreya - 114,1 million AQSh dollaridan 568,2 million AQSh dollariga (deyarli 5 barobar) o’sgan; Rossiya - 69,8 million AQSh dollaridan 120,5 million AQSh dollariga (deyarli 2 barobar) o’sgan; AQSh - 28,9 million AQSh dollaridan 26,7 million AQSh dollariga kamaygan. 2020 yilning boshida O’zbekiston davlat qarzining umumiy summasi 21,3 milliard AQSh dollari bo’lishi bashorat qilinmoqda. Bundan, 15,3 milliard AQSh dollari tashqi qarz hisoblanadi va u quyidagicha taqsimlangan: 2-Rasm, O’zbekiston davlat qarzining umumiy summasi. Mlrd. AQSH dollar Xorijiy davlatlardan - 6,7 milliard AQSh dollari; Xalqaro moliya institutlaridan - 7,7 milliard AQSh dollari; Investorlardan - 1 milliard AQSh dollari. Xalqaro moliya institutlari bo’yicha qarzdorlik esa quyidagicha taqsimlangan: Osiyo taraqqiyot banki - 3,929 milliard AQSh dollari; Jahon banki - 2,795 milliard AQSh dollari; Islom taraqqiyot banki - 869,7 million AQSh dollari. Davlat makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish uchun 2020 yilda yangi qarzlarni olishga limit o’rnatmoqchi. Endi hukumat nomidan yoki uning kafilligi ostida olinadigan qarzlar miqdori 4 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligi, maqsadli davlat dasturlari uchun jalb qilingan zayomlar miqdori esa 1,5 milliard AQSh dollaridan oshmasligi kerak. Bu kelasi yil uchun belgilangan limit miqdori. Avvalroq, xalqaro reyting agentliklarida, O’zbekistondagi davlat qarzlarining kamligini (YaIMning 25 foizidan kam) davlatning o’z majburiyatlarini bajarish imkoniyatlarini baholashda ijobiy faktor sifatida ko’rilgan. 2019 yilning mart oyiga kelib Reax Europe xalqaro agentligi mamlakat reytingini milliy va xorijiy valyutalarda “B+”(hukumatning kreditga layoqatligining yetarlicha past darajasi) dan “BB-” (hukumatning kreditga layoqatligining yetarli darajasi) ga ko’tardi. Sentabr oyida esa, Reax Europe agentligi O’zbekistonning mustaqil reytingi “BB-” darajada ekanligini tasdiqladi va bu ko’rsatkich, MDH davlatlari orasida eng past ko’rsatkichlardan biri ekanligini ta’kidlab o’tdi. Davlat qarzining joriy holati 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami davlat qarzi 4,5 mlrd. AQSh dollar ekvivalentiga yoki yil boshiga nisbatan 30,9 foizga oshib, joriy yilning 1 oktyabr' holatiga O’zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz1 qoldig’i 19,2 mlrd. AQSh dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 33,6 foizni tashkil etdi. Davlat qarzlarini boshqarish va u bilan bog’liq risklarni oldini olish keng qamrovli huquqiy, iqtisodiy va texnologik asoslar orqali amalga oshiriladi. Shu paytga qadar davlat tashqi qarzi bilan bog’liq barcha munosabatlar 1996-yil 29-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Xorijdan mablag’ jalb qilish toʻg’risida”gi 263-I-son Qonuni orqali tartibga solingan boʻlib, davlat qarzlarini iqtisodiy oʻsishni rag’batlantirish, kreditorlarga oʻz vaqtida ishonchli tarzda toʻlovlarni amalga oshirish, davlat qarzining YaIMga nisbatan yillik limitlarni belgilash va boshqa davlat qarzi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish zaruriyati “Davlat qarzi tog’risida”gi qonunni ishlab chiqishni taqozo etdi deyishimiz mumkin. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi 2021-yilning 12-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi7. Qonun loyihasida davlat qarzini boshqarishga doir asosiy qoidalar va davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan eng yuqori miqdori belgilanmoqda. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari, hamda davlat qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash, jumladan, OAVda yoritib borish va rasmiy veb-saytlarda chop etish boʻyicha qoidalar alohida koʻrsatib oʻtilmoqda. Xususan, davlat qarzini boshqarishda parlament rolini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash, davlat qarzini boshqarish strategiyasi ijrosini koʻrib chiqish hamda jalb qilingan mablag’larning maqsadli ishlatilishi toʻg’risidagi hisobotlarni eshitish vakolatlari berilmoqda. Qonun loyihasida davlat kafolatini berish tizimi takomillashtirish qoidalari va davlat qarzi boʻyicha xatarlarni boshqarish boʻyicha amalga oshiriladigan harakatlar majmui aks ettirilmoqda. Qonun loyihasi davlat qarzini boshqarish jarayoni fragmentatsiyalashuvining oldini olish, davlat qarzini barqaror darajada saqlash, xorijiy kreditor va investorlarning mamlakatning qarzlarni toʻlay olish salohiyatiga boʻlgan ishonchining ortishi hamda davlat tomonidan qarzlarning qulay shartlarda va barqaror narxlarda jalb qilinishi uchun zarur muhit shakllantirishga qaratilgan. Bu qonun loyihasidan avval ilk bora mamlakatimizda davlat qarzini xavfsiz darajada saqlab turish uchun uning cheklangan miqdorlarini qonun bilan belgilash amaliyoti joriy etilgan edi. “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻg’risida”gi Qonunda 2020-yilda davlat tashqi qarzi shartnomalariga limit 5,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida qat’iy belgilab qoʻyildi. Bu amaliyot keying yilda ham mantiqan davom etgan holda Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻg’risida”gi OʻRQ-657-son Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerakligi belgilab qoʻyildi. Shuningdek, 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2,2 mlrd. AQSh dollari (shu jumladan, davlat qimmatli qog’ozlari - 5 trln. soʻm), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 3,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilanishi qonun bilan belgilab qoʻyildi. Bu koʻrsatkich hukumatni target emas, balki ichki va tashqi shok boʻlgan taqdirda ham davlat qarzining barqarorligini saqlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatli8. 2022-yil uchun davlat budjetining parametrlari va 2023-2024- yillarga budjet moʻljallari toʻg’ridagi 742-sonli Qonunda ham yillik limit va chegarlar belgilandi va davlat qimmatli qog’ozlarining sof qiymati degan tushuncha kiritildi. Unga koʻra, 2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2,5 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 2,0 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi va Moliya vazirligi tomonidan chiqariladigan davlat qimmatli qog’ozlarining cheklangan sof hajmi 6 trln soʻm miqdorida belgilangaligini alohida qayd etishimiz mumkin9. Davlat qarzini boshqarishdan asosiy maqsad davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini qoplashga, shuningdek, ijtimoiy va infratuzilma loyihalar hamda rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojni hamda davlat qarziga xizmat koʻrsatishni oʻz vaqtida eng maqbul xarajat va xatar darajasi evaziga taʼminlash, davlat qarzining oʻrtacha soʻndirish muddatini uzaytirish hamda valyutalar va manbalari boʻyicha diversifikatsiya qilish, davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida mablagʻ jalb qilish amaliyotini kengaytirish, davlat qarziga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xatarlarni oldini olish, bartaraf etish yoki kamaytirishdan iboratdir. 1-rasm. Davlat qarzini boshqarishning asosiy prinsiplari Davlat qarzini boshqarishning asosiy prinsiplari davlat qarzini boshqarish jarayonining barcha bosqichlarida qoʻllanilsagina ijobiy natijalar berishi mumkinligini ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Yana bir muhim masalardan biri shuki, davlat qarzini samarali boshqarish turli davlatlarda turli vakolatli organlarga beriladi. Oʻzbekiston Respublikasida Moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasida yagona vakolatli organdir. Davlat qarzini oʻrta va uzoq muddatli samarali boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda jahonda katta ta’sir kuchiga ega xalqaro moliya institutlar (Jahon Banki Guruhi va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi) alohida oʻrin tutadi. Xususan Oʻzbekistonda ham ilk bor ushbu ikki xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmagida 2019-yil oktabr oyida 2019-2022-yillarga moʻljallangan “Davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli strategiya”si ishlab chiqildi va hozirda barcha qilinayotgan islohotlar ushbu hujjatga asoslanib amalga oshirilmoqda. Ushbu strategiyaga muvofiq quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: ✓ davlat qarzlarini boshqarish strategiyasini doimiy tarzda rivojlantirish va yangilab borishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish; ✓ yillik qarz olish rejalarini ishlab chiqish va Oʻzbekistton Respublikasining davlat budjeti toʻg’risidagi qonunida aks ettirish; ✓ har chorakda davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi statistik blyutenini ishlab chiqish va jamoatchilikka ochiq ma’lumotlar berish tizimini kengaytirish; ✓ davlat qimmatli qog’ozlar bozorini jozibadorligini oshirish hamda individual shaxslar va xorijiy investorlarga DQQ bozorini ochib berish choralarini koʻrish; ✓ davlat qarzlarini muddatlar, investorlar, valyutalar va boshqa muhim jihatlari boʻyicha samarali diversifikatsiya qilish choralarini koʻrish. Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan hamkorlikda “2020-2022 yillar uchun O’zbekiston Respublikasining davlat qarzini boshqarish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi. Strategiya mohiyatidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishda quyidagi ustuvor maqsadlarga qat'iy rioya qilishni nazarda tutadi. Hukumatning jami qarzga bo’lgan ehtiyojini eng maqbul narxlarda moliyalashtirish, davlat qarzini jalb qilishda xarajat va xatarlar mutanosibligini ta'minlash hamda davlat qarzi portfelini diversifikasiya qilish. Strategiyani ishlab chiqishda, 2020-2022 yillar uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarzga bo’lgan ehtiyoji aniqlandi. Hukumatning qarzga bo’lgan ehtiyojini moliyalashtirishning muqobil strategiyalari tahlil qilindi; Ma'lumot uchun: 2019 yilning 1-11 aprel' kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat qarzini boshqarishning o’rta muddatli strategiyasini ishlab chiqishda texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasining qo’shma texnik missiyasi tashrifi amalga oshirildi. Missiya vakillari tomonidan 2019 yilning oktyabr' oyida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga texnik ko’mak hisoboti taqdim etildi. Mazkur hisobotda keltirilgan taklif va mulohazalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat qarzini boshqarish strategiyasida aks ettirilgan. Jahon bankining ta'kidlashicha, O’zbekiston Respublikasi 2030 yilga qadar yuqori o’rta daromadli (upper middle-income) mamlakatlar qatoriga qo’shiladi.9 Bu, o’z navbatida, mamlakatning imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini cheklab, uning qarzga bo’lgan ehtiyojini tijorat shartlarida moliyalashtirishni taqozo etadi. Shunday ekan, barcha muqobil strategiyalarda mahalliy instrumentlarning jami moliyalashtirish manbalaridagi ulushini oshirish, asta-sekinlik bilan tijorat shartlarida davlat qarzini jalb qilish hamda mahalliy qarz bozorini faollashtirish ustuvor maqsad etib tanlandi. Download 110.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling