Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish


Davlat qarzlarini boshqarishning xorijiy tajribalari va ularni qo’llash masalalari


Download 110.09 Kb.
bet5/6
Sana13.11.2023
Hajmi110.09 Kb.
#1770103
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ELZODA 1

Davlat qarzlarini boshqarishning xorijiy tajribalari va ularni qo’llash masalalari.

Davlat qarzini boshqarishni uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqichda rikardocha ekvivalentlik uchun shartlar bajariladi, soliqlar va qarzlar o’rtasida tanlov ahamiyatga ega bo’lmaydi. Yetarli shart shunday: soliqlar bir summada tushadi; kelajakdagi daromadlar, xarajatlar va foiz stavkalariga nisbatan noma’lumliklar yo’q; kapital bozori mukammal; uy xo’jaliklari uchun vaqt doirasi cheksiz. Unda soliqlarning joriy qiymati budjet xarajatlari bilan belgilanadi. Bunday manzara (davlat uchun “tekin tushlik” ning yo’qligi) davlat to “Pontsi o’yinlari”ni boshlaguniga qadar davom etadi. Qarzlar soliqlarning joriy qiymatiga emas, balki yig’ilish grafigiga ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni bir dollarga kamaytirish uchun qarzga olingan keyingi har bir dollar kelajakdagi soliqlarning joriy qiymati bir dollarga ko’tarilganini bildiradi.
Biz yuqorida keltirgan shartlar bo’lganda “e’tiborli” uy xo’jaligi faqat soliqlarning joriy qiymati bilan qiziqadi. Soliqlarni to’lash vaqti muhim emas. Qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan soliqlarning pasayishi ularning joriy qiymatini o’zgartirmaydi. Shu sababli soliqlarni pasaytirish iste’mol talabini ham o’zgartirmaydi. Uy xo’jaliklari soliqlarning pasayishi bahonasida chiqariladigan qo’shimcha davlat qimmatli qog’ozlarini foiz stavkalari uchun biron-bir oqibatlarni o’ylab o’tirmay, bajonudil sotib oladilar. Davlat nojamg’armalarining har bir yangi dollari xususiy jamg’armalarning navbatdagi dollari bilan qoplanadi va shu sababli milliy jamg’armalar o’zgarishsiz qoladi. Bunday rikardocha ekvivalentlik olamida davlat qarzini maqsadga muvofiq boshqarishning 169 hech qizig’i yo’q. Qarzning faqat shakli emas, balki miqdori ham hech bir ahamiyatga ega emas. Asosiy shartlarga bir qadar yangiliklar kiritilgandan keyin ham rikardocha ekvivalentlik saqlanib qoladi. Faraz qilamizki, uy xo’jaliklari kuni yetganda o’ladigan bandalar. Agar uy xo’jaliklari altruizmga asoslangan faol avlodlararo o’tkazmalar tarmog’i orqali kelajak avlodlarga “bog’langan” bo’lsalar, unda ham soliqlar va qarzlardan birini tanlash ahamiyatga ega bo’lmaydi. Masalan, soliqlarning pasayishini qarzlar bilan moliyalashtirish boylikning bir qismini avlodlardan ajdodlarga olib o’tadi. Ammo tipik ajdodlar bu o’tkazishning qadriga etmaydilar, chunki ular resurslarni avlodlarga ixtiyoriy beradilar. Demak, avlodlar boyligi va u bilan birga iste’mol talabi ilgarigidek qoladi. Rikardocha ekvivalentlikning o’rinsizligiga eng muhim sabab soliqqa tortishning buzuvchilik samarasidir. Daromad solig’i qancha, qayerda va qachon ishlash qaroriga ta’sir ko’rsatsa, xarajatlar va ishlab chiqarishga soliqlar qancha, qayerda va qachon sarflashga va ishlab chiqarish qarorlariga ta’sir etmay qolmaydi. Bunday hollarda iqtisodiy tanlov soliqlarning joriy qiymati bilan birga ularni to’lash vaqtiga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, kishilar daromad solig’i stavkalari yuqori bo’lganda kamroq, bu soliq stavkalari past bo’lganda ko’proq ishlashga moyil bo’ladilar. Bu ikkinchi bosqichda davlat soliq stavkalarini vaqt bo’yicha ravonlashtirish maqsadlarida qarz tuzilmasini o’zgartirmoqchi bo’ladi. Ravonlashtirish soliqqa tortishning buzuvchanlik samarasini pasaytiradi. Empirik nuqtayi nazardan bundan ikki xulosa kelib chiqishi mumkin. Birinchidan, xarajatlar vaqtinchalik yuqori bo’lganda budjetni defitsitga keltirish lozim. Klassik holat – “harbiy qarzlar”. To’planib qolgan qarzni moliyalashtirish tinchlik paytida ham soliqlarning o’sishini talab etadi. Bu o’sish qarz o’sishiga mutanosib bo’lishi lozim. Shunga muvofiq, tinchlik paytida budjetni profitsitga keltirish kerak. Xuddi shu narsa tabiiy ofatlarga ham taalluqli. Ularning oqibatlarini bartaraf etish xarajatlarini, asosan, qarzlar orqali moliyalashtirish, qarzni esa soliqlardan to’lash lozim. Xarajatlarni qarzlardan to’lash siyosati xarajatlar o’sishi vaqtinchalik bo’lgan hollardagina “ishlaydi”. Agar xarajatlar ko’p martalab va hamisha o’sib borsa, unda qarzni moliyalashtirish kelajakda soliqlarning yanada o’sishini qisman ko’payib ketgan xarajatlarni qoplash uchun, qisman yangi qarzga xizmat ko’rsatish uchun bildiradi. Shunday qilib, xarajatlarni uzluksiz ortib borishiga to’g’ri javob soliq tushumlarini shunga teng qilib uzil-kesil oshirish, vassalom. Retsessiyaga katta defitsit, yuksalishga past defitsit, yaxshisi profitsit to’g’ri keladi. Agar xarajatlar retsessiya vaqtida real daromadga mutanosib qisqarmaydigan bo’lsa, muvozanatlangan budjet siyosati soliqlar stavkalarini oshirishni talab etadi. Bu talab esa soliq stavkalarini vaqt bo’yicha ravonlashtirish vazifasiga zid keladi. Demak, davlat retsessiya vaqtida soliqlar stavkalarini o’zgartirmaslik uchun qarzini ko’paytirishi lozim. Yuksalish vaqtlarida, real daromad o’sganda xuddi o’sha stavkalarda soliq tushumlari ham ko’payadi. Ikkinchi bosqichda soliqlar va qarzdan birini tanlash muhim, rikardocha ekvivalentlik esa yo’q. Ammo qarz dastaklarini tanlash hali ahamiyat kasb etmaydi. Foiz stavkalari, narxlar, valyuta kurslari va boshqa o’zgaruvchanlarga nisbatan to’la aniqlik bo’lganda qarz vositalari bozorida maqbul narxlar belgilanishi qarzning har qanday tuzilmasida ham real foiz to’lovlarining vaqt bo’yicha aynan bir xil taqsimlanishini ta’minlaydi. Qarz tuzilmasining maqbulligini baholash uchun noma’lumlik mavjud bo’ladigan uchinchi bosqichga o’tish kerak. Xarajatlar, real YaIM (soliq bazasi unga bog’liq) va foiz stavkalari (davlat qimmatli qog’ozlari daromaddorligi ularga bog’liq) bo’yicha ham aniqlik bo’lmasa, unda soliqlarni maqbullashtirish muammosi noma’lumlik muhitida xarajatlarni moliyalashtirishda o’rnini qoplab bo’lmaydigan zararning joriy qiymatini minimallashtirishdan iborat bo’ladi. Agar davlat va xususiy sektorning ayni bir moliya aktivlaridan foydalanishga imkoniyat bo’lganda ham bu muammoning mamlakat oldidagi umumiy xatarga aloqasi yo’q. Faraz qilaylik, davlat o’z ixtiyoricha valyuta obligatsiyalarini chiqaradi va milliy valutada denominatsiyalangan ayrim obligatsiyalar haqini to’laydi. Bu o’zgarish xususiy sektor tomonidan qoplanish harakatlari bo’lmaganda mamlakat yo’liqishi mumkin bo’lgan umumiy xatarni ko’paytiradi (valyuta xatari hisobiga). Agar milliy valyuta retsessiya vaqtida devalvatsiya qilinsa, unda tashqi qarz bo’yicha to’lovlar real ifodada o’sib ketadi. Ammo, xususiy sektor o’z portfelidagi milliy valutada denominatsiyalangan obligatsiyalarni valyuta obligatsiyalariga almashtirsa, umumiy xatarni oldingi darajasida qoldirgan bo’ladi. Xususiy sektorning bunday javobi (ishi) umumiy xatarni davlatning tashqi va ichki qarzlar o’rtasidagi ixtiyoriy (o’zboshimchalik) tanloviga “befarq” holga keltiradi. Demak, umumiy xatar soliq bosimining kuchayishidan ko’riladigan o’rnini qoplab bo’lmaydigan zararning joriy qiymatiga xarajatlar va YaIMning salbiy ta’sir ko’rsatishini ifoda etadi. Noma’lumlik davlatning xatarni tekislab yuborishga qurbi etadigan obligatsiyalarni chiqarishga qiziqishini orttiradi. Masalan, davlat xarajatlar katta bo’lganda kam daromad beradigan va xarajtlar kam bo’lganda katta daromad beradigan obligatsiyalarni chiqarishi ham mumkin edi. Ayrim tadqiqotchilar xarajatlar bo’yicha indeksatsiyalangan obligatsiyalarni chiqarish davlat uchun ma’naviy muammoni paydo etadi deb hisoblaydilar. Xususan, bu davlatni keragidan ortiqcha sarflashga, hatto davomli urushlar olib borishga rag’batlantiradi (Adam Smit va David Rikardo XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Buyuk Britaniyaga nisbatan shunday dalillarni olg’a surgan edilar). Balki, ehtimol, shu muammo sabab bo’lib, xarajatlar bo’yicha indeksatsiyalangan obligatsiyalar chiqarilmaydi.
Xalqaro amaliyot tajribasi shundan dalolat beradiki, hozir dunyoda xalqaro moliya institutlaridan, yirik tijorat banklaridan va boshqa mamlakat hukumatlaridan ma’lum miqdorda tashqi qarz olingan davlat uchramaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so’nggi yillarda yuzaga chiqqan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etish maqsadida iqtisodiyotni taraqqiy etgan davlatlar, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va hozirgi vaqtda Gretsiya, Portugaliya va Ispaniya kabi ko’plab davlatlar o’z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga katta mablag’larni yo’naltirish uchun ulkan tashqi qarzlarni olishga majbur bo’ldi. Ushbu holat esa juda ko’plab mamlakatlarda katta miqdordagi davlat budjeti taqchilligi bilan birga davlat tashqi qarzlarini keltirib chiqardi. Yevropa Ittifoqiga a’zo va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar 175 o’zlarining rivojlanish bosqichida davlat tashqi qarzi va davlat budjeti taqchilligi o’ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan, yevrohudud mamlakatlarida (yevrohudud mamlakatlariga hozirda 27 mamlakat kiradi) Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar uchun “yevro zonasi” da ishtirok etishlari uchun 1993-yil 2-maydan boshlab quyidagi qat’iy mezonlar o’rnatilgan: - davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 % dan ortmasligi lozim. Agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo’llaniladi; - davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60,0 % dan ortmasligi lozim (yoki ushbu ko’rsatkichga barqaror yaqinlashib borishlik mumkin); - inflatsiya darajasi Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan eng mo’tadil narx -navo mavjud bo’lgan uchta mamlakatdagi ko’rsatkichdan 1,5 % dan ortmasligi lozim; Dunyoning har bir olingan mamlakatida davlat va uning vakolatli organlari o’zlariga yuklatilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarni bajarishi uchun ma’lum daromad manbalariga ega bo’lishi lozimligi barchamizga ma’lum. Ushbu manbalarga soliqlar, turli majburiy to’lovlar va boshqa soliqsiz daromadlar kiradi. Xuddi shu yerda davlat nima sababdan qarz oladi, degan savolga javob berish lozim. Davlatning qarz olishi, birinchidan, davlat budjetida davlat daromadlari va xarajatlari o’rtasida muvozanat bo’lmagan holatda, ya’ni taqchillik yuzaga chiqqanda amalga kelishi mumkin. Ikkinchidan, mamlakatda ko’p yillik yirik davlat loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Uchinchidan, mamlakatdagi favqulodda vaziyatlar (urushlar, tabiiy ofatlar va boshqalar) natijasida, mavjud zaxiralar yetishmay qolganda va alohida turdagi manbalarga murojaat qilishga to’g’ri kelganda paydo bo’ladi. Qarzga xizmat ko’rsatish me’yori (koeffitsienti) tashqi qarz holatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu ko’rsatkich mamlakat qarziga xizmat ko’rsatish to’lovlari foizdagi ifodasining tovar va xizmatlar eksportidan kelgan tushumlarga nisbati ko’rinishida bo’ladi. Bu ko’rsatkich davlat tashqi qarzini va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzni tavsiflaydi. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashqi qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valutada to’lanadi. Davlat qarzining darajasi, ya’ni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yig’indisini davlat budjeti summasiga nisbati bilan o’lchanadi, ya’ni:

bunda: D.Q.B – davlat qarz darajasi, D.Q – davlat qarzi, S (%) –foiz summasi, D.B.S-davlat budjeti summasi. To’lov majburiyati budjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzining haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni to’lash uchun zarur pul budjetda soliqlarni oshirish orqali to’planadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning ko’payib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham to’g’ri keladi. Ko’pchilik yirik Yevropa mamlakatlarida chet elliklar oldidagi qarzdorlik milliy rezervga nisbatan 5 – 7 barobar ko’p. Bizning qarashimizcha, bu holat anchagina tashvishli va yaqin kelajakda dunyo qarzining jadallashib o’sish sur’atiga olib keladi. Bu rivojlangan mamlakatlar tomonidan hozirgi kunda davlat qarz majburiyatlarini so’ndirish uchun qo’yilgan mablag’larni yo’qolishiga olib kelishi mumkin. 

Xulosa
Har bir mamlakat o’z xarajatlarini soliqlar yoki qarzlar bilan moliyalashtirishni mo’ljallaydi va defolt kutilmaydi. Qarz olish davlatni diskontlash yo’li bilan joriy vaqtga keltirilgan soliqlar undirish zaruratidan ozod qilmaydi. Qarzlar miqdori va shakllarini tanlash soliqlarning kutiladigan joriy qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydi, ammo soliqlar yig’ish grafigiga va soliqlarning iqtisodiy oqibatlariga ta’sir ko’rsatadi. Davlat qarzini boshqarishning maqsadi xarajatlarni moliyalashtirishdan ko’riladigan zararning joriy qiymatini minimallashtiriladi. Fan yutuqlari davlat qarzini boshqaruvchilar tafakkurida davlat qarzini boshqarish maqsadlariga erishish vositalariga aylanadi. Davlat tomonidan olinayotgan qarzlar bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini moliya bozorlaridan qarz olish yo’li bilan jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Davlat olayotgan qarzlari davlat nomidan qarz olishni amalga oshirish vakolatini olgan davlat organlarining qarz majburiyatlari hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, ular davlatning qarzdorlik qimmatli qog’ozlari bo’lib, bozorda erkin aylanishi mumkin bo’ladi. Davlat qarzdorliklari ikkita vazifani bajaradi: davlat g’aznasiga pul mablag’larini jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirish. Davlat qarzlarini boshqarish davlat moliyaviy resurslar fondini shakllantirish va uni taqsimlash tizimini o’rganish bilan birga, iqtisodiy-matematik modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni ta'kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag’larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi. Shuningdek, davlat tashqi qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlash, uni diversifikasiyalash va xatarlarni samarali boshqarishni ta'minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan hamkorlikda 2020-2022 yillar uchun O’zbekiston Respublikasining davlat qarzini boshqarish strategiyasi ishlab chiqildi.8
Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan hamkorlikda “2020-2022 yillar uchun O’zbekiston Respublikasining davlat qarzini boshqarish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi. Strategiya mohiyatidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishda quyidagi ustuvor maqsadlarga qat'iy rioya qilishni nazarda tutadi. Hukumatning jami qarzga bo’lgan ehtiyojini eng maqbul narxlarda moliyalashtirish, davlat qarzini jalb qilishda xarajat va xatarlar mutanosibligini ta'minlash hamda davlat qarzi portfelini diversifikasiya qilish. Strategiyani ishlab chiqishda, 2020-2022 yillar uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarzga bo’lgan ehtiyoji aniqlandi. Hukumatning qarzga bo’lgan ehtiyojini moliyalashtirishning muqobil strategiyalari tahlil qilindi; Ma'lumot uchun: 2019 yilning 1-11 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat qarzini boshqarishning o’rta muddatli strategiyasini ishlab chiqishda texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasining qo’shma texnik missiyasi tashrifi amalga oshirildi. Missiya vakillari tomonidan 2019 yilning oktyabr' oyida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga texnik ko’mak hisoboti taqdim etildi. Mazkur hisobotda keltirilgan taklif va mulohazalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat qarzini boshqarish strategiyasida aks ettirilgan. Jahon bankining ta'kidlashicha, O’zbekiston Respublikasi 2030 yilga qadar yuqori o’rta daromadli (upper middle-income) mamlakatlar qatoriga qo’shiladi. Bu, o’z navbatida, mamlakatning imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini cheklab, uning qarzga bo’lgan ehtiyojini tijorat shartlarida moliyalashtirishni taqozo etadi. Shunday ekan, barcha muqobil strategiyalarda mahalliy instrumentlarning jami moliyalashtirish manbalaridagi ulushini oshirish, asta-sekinlik bilan tijorat shartlarida davlat qarzini jalb qilish hamda mahalliy qarz bozorini faollashtirish ustuvor maqsad etib tanlandi.
Xulosa qilib aytganda, Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish va uning maqsadlari O’zbekistonda innovatsion loyihalar olib borish har xil sohalarni rivojlantirish hususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan.


Download 110.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling